Taymir yarim oroli - Osiyoning eng shimolidagi yarim orol (Krasnoyarsk oʻlkasida). Maydoni 400 ming km² (RFdagi eng katta yarim orol). Oʻrta Sibirning shim.da, Kara dengizining Yenisey qoʻltigʻi bilan Laptevlar dengizining Xatanga qoʻltigʻi orasida. Janubida Oʻrta Sibir yassitogʻligi bilan chegaradosh. Tabiatiga koʻra uch qismga boʻlinadi: 1) sohil boʻyi denudatsion kambar tekisligi; asosan, toʻrtlamchi davr yotqizikdaridan tarkib topgan. Relyefi — sertepa tekislik. Tundra landshaftlari asosiy oʻrin tutadi;. 2) Birranga togʻlari shim.sharkdan jan.garbga tomon oʻzaro parallel yoʻnalgan tizmalardan iborat. Uzunligi 800 km, eni 250 km. Eng baland joyi — Birranga togʻi (1146 m.). Uzunligi 5 km gacha boʻlgan bir necha togʻ muzligi bor (umumiy maydoni 40 km²); 3) Shimoliy Sibir (Taymir, YeniseyXatanga) pasttekisligi. Tuz gumbazlari uchraydi. Relyefi — sertepa tekislik, mutlaqbal. 50–200 m. Taymir yarim orolio.ning iklimi qahraton sovuq; zamini doimiy toʻngibyotadi. Yillikyogʻin 120–250 mm. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —30°, —35°, iyulniki G—12°. Eng past temperatura —61°, eng yuqori temperatura 30°. Daryolari: Pyasina, Yuqori va Quyi Taymira, Xatanga. Koʻl koʻp. Aholi koʻproq bugʻuchilik bilan shugʻullanadi. Taymir toshkoʻmir havzasi va koʻplab tuz konlari bor.