Tazmin (arab.sheʼrdan bir parcha olish, koʻchirish) — poetik sanʼat turi. Shoir fikr va histuygʻusini tasdiqlash, isbotlash yoki davom ettirish uchun biror kimsa ijodidan shohbayt — aforizm darajasiga koʻtarilgan mashhur misrani oʻz sheʼrida keltirishi. T. misra gazalning 1misrasi yoki matlai sifatida keladi. Epigraftezis sifatida keltirilgan shu misra yoki bayt T.chi shoir yaratayotgan misra va baytlar uchun qolip, moya rolini oʻtaydi. T. misra fikrni tasdikdash bilan birga uni mantikiy davom ettirish imkonini yaratadi, koʻpchilikka maʼlum va mashhur T.ning muallifi ataylab eslatilmaydi, aks holda muallifga ishora qilinadi. T. bir necha xil: miyeraning yarmi, toʻliq satr, ikki, uch, olti bayti T. qilinishi mumkin. Baʼzan shoir T.ni oʻz ijodidan olish hollari ham uchraydi. Masalan, Bobur oʻzining:Gar vasl muyassar oʻlmasa netgaymen, Boshimni olib qay sorigʻa ketgaymen?baytini "Jamoling vasfini", "Vasfingni necha ulusdin eshitgaymen", "Ishqing yoʻlida..." sheʼrlarida T. qilgan.

Adabiyot tahrir

  • Orzibekov R., Oʻzbek lirik poeziyasida gʻazal va musammat, T., 1977.