TegusigalpaGonduras poytaxti. Choluteka daryosi vodiysida, 1000 m balandlikda joylashgan shahar. Iqlimi tropik, issiq (yanvarning oʻrtacha temperaturasi 19,6°, iyulniki 22,6°), yiliga 1047 mm yogʻin yogʻadi. Aholisi 813,9 ming kishi (1990-yillaroʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻnpoyabzal, yogʻochsozlik, keramika sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari (gʻisht, marmar plitalar) ishlab chiqariladi. Universitet, Gonduras akademiyasi, Geogr. va tarix akademiyasi, milliy muzey, milliy kutubxona va boshqa bor.

T.ga 16-asrning 2yarmida ispanlar asos solgan. 18-asrda shahar yaqinida kumush, marmar va oltin konlarining topilishi uni tez oʻsishyga sabab boʻldi. 1880-yildan Gonduras poytaxti. Meʼmoriy yodgorliklardan SanMigel sobori (18-asr), cherkov (18— 19-asr), saroylar saqlangan.