Tekstolit — plastik material. Ipgazlama qatlamlariga sintetik smolalar shimdirish va 150° trada katta bosimda presslash yoʻli bilan tayyorlanadi. Mexanik mustahkamlik va dielektrik xossalari yuqori; suvdagi organik eritmalarga chidamli. Solishtirma ogʻirligi 1,36—1,4. Brinell boʻyicha qattiqligi 20–40 kg/mm2; egilishga mustahkamligi 130—170 MPa, elektrik mustahkamligi 27—45 kV/mm. Mexanik ishlov berish oson. Ipgazlama asosidagi T.dan tashqari, shishaT. (shisha tolali), asbotekstolit (asbest tolali), organotekstolit (sintetik tolali) T.lar ham bor. T. list, sterjen va quvurlar koʻrinishida ishlab chiqariladi. T. roliklar, shovqinsiz shesternyalar, podshipniklarning vkladshilari, shkivlar, qistirmalar va boshqa tayyorlashda, kemalar korpusini yasashda, raketalarning issiklik izolyatsiyasi sifatida ishlatiladi.


Manbalar tahrir

[1]


  1. Choyshab va novda tekstolit