„Temir xotin“ — Sharof Boshbekovning shu nomli asari boʻyicha, rejissor Isamat Ergashevning 1990-yilda suratga olingan kinofilmi. Film qishloq hayotidagi tashvishlarni yoritadi.[1]

Temir Xotin
Rejissyor(lar) Isamat Ergashev
Prodyuser(lar) Isamat Ergashev
Ssenariynavis(lar) Sharof Boshbekov
Mahmud Toʻychiyev
Rollarda Murod Rajabov
Dilorom Egamberdiyeva
Jamshid Zokirov
Gʻani A'zamov
Bastakor(lar) Farrux Zokirov
Rustam Ilyosov
Kinematografiya Rifqat Ibrohimov
Distribyutor Oʻzbekfilm
Chiqarilgan sanasi Oʻzbekiston bayrogʻi Toshkent, 1990-yil
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til oʻzbekcha

Mazmuni tahrir

Mexanizator Qoʻchqor aka oddiy qishloq hayoti kechiradi. Bir kuni uyga odatdagidek ichib kelib, toʻpolon qilganidan soʻng, uning xotini bolalarni koʻtarib, uydan ketadi („saboq“ boʻlsin, deya). Shu kuni Qoʻchqor akaning uyiga uning tanishi boʻlmish shaharlik muhandis-robotexnik Olimtoy keladi. Olimtoy shu qishloqqa paxta teruvchi ginoid-robotni olib kelib, sinov ishlarini boshlamoqchi boʻladi. Qoʻchqor akaga robot yoqib qoladi, unga „Alomat“ degan ism qoʻyadi. Hatto u bilan oila qurish uchun doʻsti Dasayevni olib kelib, unga nikoh oʻqittiradi. Bu orada Alomat qishloqlik odamlar hayotini tahlil qilib, kognitiv dissonansga uchraydi va yuqori kuchlanishli transformatorga ulanib, xudkushlik qiladi. Olimtoy buni Qoʻchqor akadan koʻradi, u robotni oʻta mushkul ishlar bilan qiynab yuborganini taʼkidlaydi. Qoʻchqor aka bu ayblovlarni rad etadi, Alomatga har oʻzbek ayoli qiladigan kundalik ishining yarmini ham yuklamaganini aytadi.

Rollarda tahrir

Aktyor Rol
Murod Rajabov Qoʻchqor aka bosh qahramon Qoʻchqor aka
Dilorom Egamberdiyeva Alomat robot Alomat
Dilorom Qambarova Qumri xotini Qumri
Jamshid Zokirov Olimtoy robototexnik Olimtoy
Nabi Rahimov kinoartist kinoartist
Gʻani Aʼzamov Dasayev mulla Dasayev

Tasviriy guruh tahrir

Tasviriy guruh

Abbos Toʻlaganov, Bobur Rahmonov

Saundtrek tahrir

"Oq va qora", Farrux Zokirov va Yalla ansambli, Yulduz Usmonova.

Texnik maʼlumotlar tahrir

  • „Oʻzbekfilm“ davlat aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan suratga olingan.
  • Badiiy film, rangli.

Manbalar tahrir