Temza (inglizcha: Thames; lotincha: Tamesis) — Buyuk Britaniyadagi eng katta daryo. Uzunligi 334 km, havzasining maydoni 15,3 ming km². Kotsuold qirlaridan boshlanib, London havzasidan oqadi va keng estuariy hosil qilib Shimoliy dengizga quyiladi. Oʻrtacha suv sarfi quyi qismida 260 m³/sek. Qishda toʻlib oqadi. Dengiz suvi koʻtarilganda Temzaning suv sathi London shahri hududida 6,5 m gacha koʻtariladi. Daryoda kema qatnaydi, London shahrigacha dengiz kemalari ham kira oladi. Temza boʻyida Oksford, London (daryo va uning estuariysi boʻylab 60 km masofaga choʻzilgan) shaharlari joylashgan. Temza kanallar orqali Bristol qoʻltigʻi, Irlandiya dengizi va mamlakatning markaziy qismidagi sanoat markazlari bilan bogʻlangan.

Temza
inglizcha: Thames
Temza daryosi
Temza daryosi
Tavsif
Uzunligi 334
Suv sarfi 65,8 m³/s
Joylashuvi
Davlat Birlashgan Qirollik
Temza