Teologiya (yun. theos — xudo va ...logiya) — xudoning mohiyati va irodasi haqidagi diniy talimotlar majmui. Xudo shaxsan oʻzini vahiy orqali kishilarga maʼlum qiladi degan konsepsiyaga asoslanadi. Muqaddas kitoblar va muqaddaslashtirilgan yozuvlar Teologiyaning asosiy manbalari hisoblanadi. Teologiya turli diniy oʻquv yurtlari — seminariyalar, akademiyalar, madrasalar va boshqalarda oʻqitiladi. Teologiya tushunchasi avvalo iudaizm va xristianlikka nisbatan qoʻllangan. Teologiya islomda ilohiyot, kalom atamalari bilan ham ataladi.