Tergov — jinoyat protsessida jinoiy ish boʻyicha dalillar yigʻish va tekshirish. T. turlari: dastlabki tergov va sud tergovi. T. faoliyatini 3 xil yoʻnalishdagi: prokuratura, Ichki ishlar organlari va davlat xavfsizlik xizmatiu tergovchilari olib boradilar. Ular T. va protsessual harakatlarni mustaqil amalga oshiradilar. Asosiy vazifalari jinoyatlarni tez va toʻla ochish, jinoyat sodir etgan shaxsni fosh etish, aybi boʻlmagan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortmaslikdan iborat. Tergovchi va uning vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi JPKda bayon qilingan (35, 36moddalar).