Tesey (Tezey) — Afinaning afsonaviy qahramoni va shoxi (mil. av. taxminan 13-asr). Antik davr rivoyatlari bir qator afsonaviy jasoratlarni T. nomi bilan bogʻlaydi (amazonkalar bilan boʻlgan urushda va argonavtlar safarida ishtirok etgan, qaroqchi Prokrust, Marafon buqasi, Kalidon toʻngʻizi va boshqa ustidan gʻalaba qozongan); bir qator tarixiy voqealar, xususan, Afinani Krit gegemonligidan xalos etilishi, sinoykizm (Attikani birlashtirilishi), Panafiney va Sinoykiy bayramlari, Istm oʻyinlari, Afina grajdanlarini ilk bor ijtimoiy tabakaga — yevpatriylar, geomorlar va demiurglarga ajratilishi T. nomi bilan bogʻliq. T. sharafiga Afinada har oyda Tesey bayrami nishonlangan. Teseyon ibodatxonasi (mil. av. 5-asr) qurilgan.