Teterev — Ukrainaning Jitomir va Kiyev viloyatlaridagi daryo. Dneprning oʻng irmogʻi. Uzunligi 365 km. Havzasining maydoni 15100 km². Dnepr boʻyi qirlaridan boshlanadi va Polesye boʻylab oqib, Kiyev suv omboriga quyiladi. Asosan, qor suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi quyilish joyidan 136 km da 18,4 m³/sek. Dek.da muzlab, martda muzdan boʻshaydi. Quyi qismida kema qatnaydi va yogʻoch oqiziladi. T. boʻyida Jitomir, Korostishev, Radomishl sh.lari joylashgan.

Manbalar tahrir