The Daily Drucker

menejment boʻyicha Peter Drucker qalamiga mansub kitob

„The Daily Drucker“ („Kundalik Drucker“), toʻliq nomi „The Daily Drucker: 366 Days of Insight and Motivation for Getting the Right Things Done“ („Kundalik Drucker: Kerakli ishlarni barajarish uchun 366 kunga tatigulik maslahatlar va motivatsiya“) — menejment gurusi Peter Drucker qalamiga mansub kitob. Ilk bor 2004-yil New York shahrida „HarperCollins Publishers“ nashriyoti tomonidan chop etilgan. 2005-, 2007-, 2008- hamda 2011-yillarda qayta nashr qilingan.

The Daily Drucker: 366 Days of Insight and Motivation for Getting the Right Things Done
Muallif(lar) Peter Drucker
Til inglizcha
Janr(lar)i menejment
Nashriyot „HarperCollins Publishers“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2004
Sahifalar soni 429
ISBN ISBN 0-06-074244-5

Muallif vafotidan keyin chop etilgan ushbu asarni nashrga Joseph A. Maciariello tayyorlagan. Kitob kirish soʻzini Jim Collins yozgan.

Kitobda muallif umri davomida yozgan asarlaridan olingan parchalar yilning har bir kuniga mos keladigan boʻlimlarga boʻlingan holda berilgan. Berilgan masalahatlar vaqtni tejash, menejment, innovatsiya, kishilar bilan muomala qilish va boshqa shunga oʻxshash mavzularga bagʻishlangan.

Havolalar tahrir