Thomas Huckle Weller (15-iyun 1915 — AinArbor, Michigan shtati – 23-avgust 2008, Needham Massachusetts) — amerikalik vrachvirusolog. Amerika Fan va sanʼat akademiyasi, AQSH milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi (1964). Michigan universitetini tugatgan (1936), fan doktori (1940). Bostondagi Garvard tibbiyot maktabida, bolalar kasalxonasida, Pediatriya markazida (1936—47), Garvard sogʻliqni saqlash maktabida ishlagan. 1954-yildan tropik tibbiyot boʻlimi boshligʻi va professor). Ilmiy faoliyati parazitologiya, tropik tibbiyot, bakteriologiya, suvchechak, uchuq, sitomegaliya, poliomiyelit viruslari kulturasiga oid. F. Robbins va J. Enders bilan hamkorlikda poliomiyelit virusi neyrotrop emasligini va viruslar yetishtirishda hujayralar kulturasi usulini ishlab chiqqan, bu virusologiyaning tez rivojlanishiga imkon berdi. Nobel mukofoti laureati (1954; F. Robbins va J. Enders bilan hamkorlikda).[1]

Manbalar tahrir

  1. "UELLER (Weller) Tomas Xakl" OʻzME. U-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil