Tilash Xoʻjamberdiyev (1938.10.5, Boʻstonliq tumani Sijjak qishlogʻi — 2001.7.9, Toshkent) — sozanda (chang), bastakor. Oʻzbekiston xalq artisti (1998). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1964). Oʻzteleradiokompaniyasida Doni Zokirov nomidagi xalq cholgʻulari orkestri sozandasi (1961-yildan), xalq cholgʻu ansambli rahbari (1974-yildan). Repertuaridan oʻzbek xalq ("Kurd", "Ilgʻor" va boshqalar) va bastakorlar (F. Sodiqovning "Ishq" kabi) kuylari, oʻzbek (T. Azimovning "Goʻzal diyorim", F. Xarratovning "Yoshlar valsi", T. Toshmatovning "Bahor armugʻoni") va chet el kompozitorlari (U. Hojibekovning "Koʻr oʻgʻli" operasidan raqs, uvertyura va boshqalar) asarlari urin olgan. "Chang taronalari", "Sabolar aytdi", "Shodiyona", "Sarvigul", "Navroʻz navosi", "Gulchexra kiz oʻynasin" kabi chang uchun asarlar yaratgan. X. viloyatlarda xam turli ansambllar (mas, Fargʻona viloyatidagi "Rayhon" ashula va raqs ansambli va boshqalar) tashkil etgan. Belarus, Rossiya, Estoniya, Qozogʻiston, Tojikiston kabi mamlakatlarda gastrolda boʻlgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil