Timothy Gowers

britaniyalik matematik

Timothy Gowers (talaffuzi: Timoti Gauers) (1963-yil 20-noyabrda tugʻilgan) — britaniyalik matematik. Funksional analiz va kombinatorika sohalaridagi ishlari tanilgan. 1998-yil Fields medali bilan taqdirlangan.

Timothy Gowers
Tavalludi 20-noyabr 1963-yil
Wiltshire, Buyuk Britaniya
Fuqaroligi Britaniya
Sohasi Matematika
Institutlar Cambridge universiteti
London kollej universiteti
Taʼlimi Cambridge universiteti
Akademik rahbarlari John Horton Conway
Mashhur shogirdlari David Conlon
Ben Green
Tom Sanders
Mashhur ishlari Funksional analiz, kombinatorika
Mukofotlari Fields medali (1998)
De Morgan medali (2016)
Sylvester medali (2016)

Gowers 1981-yil Xalqaro matematika olimpiadasida maksimal ball toʻplab, oltin medalni qoʻlga kiritgan. 1990-yil Cambridge universitetidan PhD darajasini olgan. 1991–1995-yillarda London kollej universitetining matematika fakultetida ishlagan.

Gowers oddiy odamlar tushuna oladigan tilda matematika boʻyicha bir necha kitob yozgan, jumladan „Matematika: Qisqa kirish“ (inglizcha: Mathematics: A Very Short Introduction) kitobini. 2009-yil oʻz blogida dunyoning turli burchagidagi matematiklarga hamkorlikda murakkab masalalar yechish imkonini beruvchi „Erudit“ loyihasiga (inglizcha: Polymath Project) asos solgan.