Timur Amindjanovich Ishmetov (1979-yil 10-noyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — Oʻzbekiston moliyachisi va davlat arbobi, 2020-yil 20-fevraldan boshlab Oʻzbekiston moliya vaziri.

Timur Amindjanovich Ishmetov
Тимур Аминджанович Ишметов
 Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri
 
Mansab davri
2020-yil 20-fevraldan
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Jamshid Qoʻchqorov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 10-noyabr 1979-yil (1979-11-10) (44 yosh)
Toshkent, OʻzSSR

Hayoti tahrir

Timur Ishmetov 10-noyabr 1979-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati — oʻzbek[1]. Otasi — Ishmetov Aminjon Jabborovich, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi oʻrinbosari boʻlgan.

Taʼlim tahrir

  • 2000-yilda Toshkent moliya institutining Moliya va kredit fakultetini tamomlagan[2]. 2008-yilda Buyuk Britaniyaning Birmingem Universitetining Xalqaro pul va bank sohasida magistr darajasini tamomlagan[3]. 2005-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyati tahrir

2000—2001-yillarda Markaziy bankning valyuta operatsiyalari maxsus boʻlimining yetakchi iqtisodchisi, 2001—2004-yillarda Oʻzbekiston Markaziy banki valyuta ayirboshlash va tashqi aloqalar boʻlimi boshligʻi[4], 2004—2009-yillarda Markaziy bankning Xalqaro zaxiralarni boshqarish boʻlimi boshligʻi, 2009—2010-yillarda Markaziy bankning Ichki bozor operatsiyalari departamenti direktori, 2010—2017-yillarda Markaziy bankning valyutani tartibga solish va nazorat qilish departamenti direktori[5], 2017-yilda qisqa muddat Davlat investitsiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, 2017—2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi oʻrinbosari, 2019—2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosari[6] kabi vazifalarda faoliyat olib borgan. 2020-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri[7] vazifasida ishlab kelmoqda.

Internetdagi chiqishlar tahrir

Timur Ishmetov „Ochiq byudjet“ loyihasining tashabbuskori va qoʻllab quvvatlovchilaridan hisoblanadi[8].

Yashab turgan shahringiz yoki mahallangizni obodonlashtirish bo‘yicha qanday takliflaringiz bor? Fikrlaringizni do‘stlaringiz va qo‘shnilaringiz qo‘llab-quvvatlaydimi? Loyihangizni “Tashabbusli budjet” orqali amalga oshiring.

— Timur Ishmetov, [9]

Timur Ishmetov oʻz fikrlari va chiqishlari bilan muntazam OAV va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari nazariga tushib turadi. Jumladan, 2021-yilda maktablardagi „oʻlik jonlar“ haqidagi chiqishlari muhokamalarga sabab boʻlgan edi[10] Shuningdek, UZASBO dasturi takomillashtirilishi haqida ham maʼlum qilgan[11].

Davlat moliyaviy nazorat organlariga ayrim hududlarda hokimliklar tomonidan bosim yo‘q, deb ayta olmaymiz. Ya’ni u moliya vazirligiga ishlaydimi? Yoki ayrim bosim natijasida boshqalarni himoya qilishga ishlayaptimi? Meni fikrim, kelgusida umuman davlat moliyaviy nazorat xizmatlari faoliyatlarini funksional nuqtai nazardan tubdan qayta ko‘rib chiqish kerak. Davlat moliyaviy nazorati biror vazirlik ichida emas, yagona, yaxlit kuchli bir tizim bo‘lishi kerakki, biror vazirlik ham, biror hokimiyat ham undan ustun bo‘masligi kerak, ungacha foydasi yo‘q

— Timur Ishmetov, [12]

2022-yilda parlamentdagi chiqishi chogʻida parlament deputati Gulbahor Saidgʻaniyeva fuqarolarning „Tashabbusli byudjet“ loyihasiga ovoz berishlarini cheklash taklifini bildirganda, Timur Ishmetovning „Nima haqqingiz bor mening ovozimni cheklashga?“, degan munosabati muhokamalar keltirib chiqargan[13]

Manbalar tahrir