Tirren dengizi (italyancha: mar Tirreno, lotincha: mare Tyrrhenum, lotincha: mare Tuscum, fransuzcha: mer Tyrrhénienne) - Oʻrta dengizning bir qismi, yarim yopiq dengiz. Apennin yarim orol va Sitsiliya, Sardiniya, Korsika orollari oraligʻida joylashgan. Oʻrta dengizning boshqa qismlari bilan Korsika, Bonifacho, Sardiniya va Messina boʻgʻozlari orqali bogʻlangan. Maydoni 214 ming km². Eng chuqur joyi 3830 m. Dengizning jan.sharqida Lipari o.lari joylashgan. Suvining temperaturasi yuza qismida yezda 22—24,5°, qishda 13—14°. Shoʻrligi 37,2—38,2%,,. Suv koʻtarilishi har yarim sutkada takrorlanadi (bal. 0,5 m). Baliqovlanadi. Yirik portlari: Neapol, Palermo, Kalyari (Italiya), Bastiya (Fransiya).