Teshaboyev Toʻlqin Zakirovich – iqtisod fanlar doktori, professor, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori. TMI rektori (2020—2024)[1], TATU rektori (2016—2020) lavozimlarida faoliyat olib borgan[2].

Teshaboyev Toʻlqin Zakirovich
Teshabayev To'lqin Zakirovich.jpg
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori
Mansab davri
8-fevral 2024-yil
Oʻtmishdoshi Kongratbay Sharipov
Toshkent Moliya instituti rektori
Mansab davri
8-oktyabr 2020-yil – 8-fevral 2024-yil
Oʻtmishdoshi Ulug‘bek Azizov
Vorisi lavozim tugatilgan
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 16-noyabr 1962-yil (1962-11-16) (61 yosh)
Fuqaroligi O'zbekiston

Faoliyat tahrir

  • 1984-1985-yy. – Toshkent elektrotexnika aloqa instituti avtomatlashtirilgan elektr aloqa kafedrasi laboranti.
  • 1985-1987.-yy. – Harbiy xizmatda.
  • 1987-1988-yy. – Toshkent elektrotexnika aloqa instituti telekommunikatsiya tarmoqlari va kommutatsiya tizimlari kafedrasi texnigi.
  • 1988-1994-yy. – Toshkent elektrotexnika aloqa instituti telekommunikatsiya tarmoqlari va kommutatsiya tizimlari kafedrasi ishlab chiqarish ustasi.
  • 1994-2003-yy. – Toshkent elektrotexnika aloqa instituti birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasi raisi.
  • 2003-2009-yy. – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti moliya va iqtisod masalalari boʻyicha prorektori.
  • 2009-2012-yy. – Oʻzbekiston aloqa xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi raisi.
  • 2012-2014-yy. – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti oʻquv ishlari boʻyicha birinchi prorektori.
  • 2014-2016-yy. – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi rais oʻrinbosari.
  • 2016-2020-yy. – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori[3]. 2016-yilda TATU rektorining virtual qabulxonasini ishga tushiradi[4]. 2018-yilda TATUda oʻqitishning kredit tizimini joriy etadi[5].

Manbalar tahrir