Togʻ echkilari (Capra) - quvush shoxli juft tuyoqlilar urugʻi. Gavdasining uzunligi 100—170 sm, yagʻrinidan bal. 65—115 sm, vazni 35—150 kg. Serkasi (erkagi) uzun "soqoli" va dumi ostida hid bezlari rivojlangan. 8 turi bor. Shimoliy Afrika, Yevrosiyoda, jumladan, Kavkaz, Oʻrta Osiyo, Gʻarbiy Sibir togʻlarida tarqalgan. Chiqish qiyin boʻlgan qoyali joylarda yashaydi. Oʻzbekiston togʻlarida 2 turi: burama shoxli echki, yaʼni morxoʻr (Koʻhitang va Bobotogʻda) va Sibir togʻ echkisi (Turkiston va Chatqol togʻ tizmalarida) uchraydi. Yilda 1—2 bola tugʻadi. 15—17 yil yashaydi. Goʻshti va terisi uchun ovlangan. 2 turi ham Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan. Soni keskin kamayib ketgan. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro tashkiloti Qizil kitobiga 2 turi va 2 kenja turi kiritilgan.[1]

Tog%CA%BB echkilari
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Manbalar tahrir

[2]

  1. „Togʻ echkilari“ OʻzME. T-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi(2000-2005).