Togʻli shoriya - Rossiya Federatsiyasi Kemerovo viloyatining jan. qismi, asosan, shorliklar yashaydi. Salair qator tepasi, Abakan tizmasi va Kuznetsk Olatovi tarmoqdarini oʻz ichiga oladi. Past va oʻrtacha balandtogʻ relyefiga ega. Iklimi keskin kontinental, qishi sovuq, yozi iliq, yogʻin, asosan, yozda yogʻadi. Togʻli shoriya hududi togʻterak, oqqaragʻay oʻrmonlari bilan qoplangan. Toshkoʻmir, temir, oltin, marganets, pyx: Tashtagol, Shergeshe magnetit ruda va boshqa konlari bor. Temir ruda qazib olish va yogʻoch sanoati rivojlangan. T. Sh. — Novokuznetsk metallurgiya zdlarining ruda bazasi. Hududidan Novokuznetsk — Tashtagol va Novokuznetsk — Abakan t.yillari oʻtadi. Oltoyning eng qad. xalklaridan boʻlgan birgina shorliklar daryo vodiylarida yashaydi. Asosiy aholi yashaydigan joylari: Mejdurechensk sh., Mundibash, Temirtov, Tashtagol qishlokdari.