Tohir va Zuhara - oʻzbek xalq dostoni. Oʻrta Osiyo, Volgaboʻyi, Ozarbayjonda Tohir va Zuhra nomi bilan afsonalar keng tarqalgan. Shu afsonalar asosida xalq ertaklari, dostonlari yaratilgan. Oʻzbek xalqogʻzaki ijodida ham "Tohir va Zuhra" nomli xalq ertagi va dostonlarining bir necha variantlari uchraydi. "Tohir va Zuhra" dostonida ikki yosh — Tohir va Zuhra oʻrtasidagi fojiali muhabbat tasvirlanadi. Tohir va Zuhra syujeti asosida Sayyodiy (17— 18-asrlar) ayni nomda va Mullanafas "Zuhra va Tohir" dostonlarini yaratganlar. Shuningdek, Sobir Abdulla "Tohir va Zuhra" musiqali dramasini yozgan (1938), "Oʻzbekfilm" kinostudiyasi shu nomda kinofilm yaratgan (1945).