Tojikistondagi Parlament saylovlari (2015)

Tojikistondagi Parlament saylovlari (2015) (tojikcha: Интихоботи Парлумонии Чумхурии Точикистон (2015)) — 2015-yilning 1-martida Tojikiston Respublikasi Parlamenti Oliy Majlis Quyi palatasiga nomzodlar saylandi. Namoyandalar majlisi deputatlari va mahalliy vakillikga nomzodlar tayinlash xususida mamlakatda ommaviy saylov boʻlib oʻtdi.[3]

← 2010   Tojikiston  2020 →
Tojikistondagi Parlament saylovlari (2015)
1-mart, 2015-yil
Saylovchilarning kelishi: 87,7 %, 4 318 000 odam saylovda ishtirok etgan.[1]
Partiya: Tojikiston Xalq Demokratik partiyasi Agrar partiya Iqtisodiy Islohotlar partiyasi
Avvalgi natija: 71,69 % 5,09 % 5,1 %
Ovozlar: 2 472 262
(62,5 % )
450 275
(11,8 % )
288 308
(7,6 % )
Partiya: Sotsialistik partiya Kommunistik partiya Demokratik partiya
Avvalgi natija: 0,47 % 7,22 % 0,84 %
Ovozlar: 210 328
(5.5 % )
99 314
(2,3 % )
73 406
(1,7 % )

Boshqa nomzodlar: Islom Uygʻonish partiyasi 1,5 % ,64 770, Sotsial-Demokratik partiyasi 0,5 % , 21 590

Saylov natijasi: Tojikiston Xalq Demokratik partiyasi deputatlari Parlamentdagi 63 ta joydan 44 tasini egallashdi.[2]

Saylovga jarayoni tahrir

Saylov ommaviy ravishda ertalab soat 6:00 dan to 20:00 gacha davom etdi. Ovoz berish natijalari boʻyicha jami 4 318 000 odam ovoz bergan shaxslar sifatida Markaziy saylov komissiya roʻyxatidan oʻtgan. Tojikiston Markaziy Saylov Komissiyasi rahbarining aytishicha saylov oʻtkazilgan kun biron bir shikoyatlar tushmaganini qayd etgan.

Shu kuni siyosiy partiya vakillari tomonidan oʻgʻzaki shikoyatlar tushdi va bu muammolarni oʻsha zahotiyoq hal qildik. Shermuhammad Shoxiyon, Tojikiston Markaziy Saylov Komissiyasi rahbari[2]

Saylov kuni byulletenlar toʻrt tilda ruscha, tojikcha, oʻzbekcha va qirgʻizcha koʻrinishda chop etilgan va barcha saylov okrug, punktlariga tarqatilgan. Tojikiston Respublikasi fuqarolari jami boʻlib 3209 ta davlat ichida 35 ta horijdagi saylov uchastkalarida oʻzlarining nomzodlariga ovoz berishdi. Tojikiston Milliy matbuotining malumotiga koʻra 15 soat ichida 74,3 % odamlar saylovda ishtirok etishgan. Quyi palatada jami boʻlib 63 ta deputatlar oʻzgargan boʻlib: Ularning 41 tasi bir mandatli saylovchi nomzodlari, yagona Umumrespublika saylov okrugi partiyalari roʻyxatidan 22 ta deputatlar Quyi Parlamentda oʻz joylarini egallashgan.[4]

Nomzodlar tahrir

Deputatlik uchun jami 285 ta nomzod kurash olib borishdi (Ulardan 103 tasi roʻyxatga olingan partiya vakillaridan va 182 kishi bir mandatli okrug tomonidan roʻyxatga olingan), jumladan 80 ta kishi oʻz nomzodlarini ilgari surishgan. Barcha nomzodlar ichidan 32 ayol nomzodlar ham ishtirok etishgan. Sakkizta roʻyxatga olingan partiya aʼzolari oʻz vakillarining nomzodini taqdim etishgan, ularning orasida eng yoshi 30 da va eng qarisi 71 yoshda boʻlgan.

Partiyalar nomi Pariya yetakchilari (2015-yilgi tarkib) Tasviri Tojikistondagi Parlament saylovlari (1995) Tojikistondagi Parlament saylovlari (2000) Tojikistondagi Parlament saylovlari (2005) Tojikistondagi Parlament saylovlari (2010) Tojikistondagi Parlament saylovlari (2015)[5]
Tojikiston Xalq Demokratik partiyasi Emomali Rahmon  —  —  — 64,51 % 71.69 %   62,5 %  
Agrar partiya  —  —  —  — Ishtirok etmagan 5,09 11,8 %  
Iqtisodiy Islohotlar partiyasi  —  —  —  — Ishtirok etmagan 5,1 % 7,6 %  
Sotsialistik partiya  —  —  —  — Ishtirok etmagan 0,47 % 5,5 %  
Kommunistik partiya  —  —  —  — 20,63 % 7,22 %   2,3 %  
Demokratik partiya  —  —  —  — 7,36 % 0,84 %   1,7 %  
Islom Uygʻonish partiyasi  —  —  —  — 7,48 % 7,74 %   1,5 %  
Sotsial-Demokratik partiyasi  —  —  —  — Ishtirok etmagan 0,72 % 0,5 %  

Kuzatuvchilar va Komissiyalar tahrir

Saylovda jami 528 ta xalqaro kuzatuvchilar, 1000 dan ziyod joylardagi kuzatuvchilar va 100 dan ortiq horijiy muhbirlar ovoz berish jarayonini kuzatishgan. MDH, YXHT va ShHT vakillari oʻzlarining saylovdan keyingi xulosalarini 2-mart kuni eʼlon qilishgan.

Saylov demokartik omillarga asoslanib oʻtkazilishi uchun Tojikiston Hukumati tomonidan komissiyalar joriy etilgan.[6] Komissiya tarkibi:

  • Yormatova Olima — Dushanbe shahar, Sino tumani 38-nchi oʻrta umumtaʼlim maktabi direktori.
  • Fayzova, Muhabbat Togʻabekovna — Xatlon Viloyati, Huroson tumani, Obi Kiiki jamoati raisi.
  • Azizova Muiston — Tursunzoda shahridagi 98-nchi oʻrta umumtaʼlim maktabi direktori.
  • Aliyev Izzatullo — Poytaxt-80 madaniy majmuasi direksiyasining rahbari.
  • Mahmudov, Jamoliddin Burhoniddinovich — Islom Uygʻonish partiyasining oliy boshqaruvi aʼzosi.
  • Jamshedov Jamshed — Tojikiston Respublikasi falsafa, siyosatshunoslik va huquq institutining ilmiy kotibi.
  • Naimova, Vera Raimovna — Tojikiston-Rossiya slavyan Universiteti oʻqituvchisi.
  • Yusufbek Shodmonbekov — Xorugʻ shahar Davlat Universiteti rektori oʻrinbosari, katta oʻqituvchi
  • Sattorov Akbarali — Tojikiston jurnalistlar ittifoqi raisi.
  • Saidov Nurali — Tojikiston Respublikasi Shoʻrolar jamiyati bosh kotibi.
  • Zokirov Saidboy — Sugʻd viloyati Kasabalar uyushmasi raisi.
  • Ziyo Rahmon — Tojikiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligining hayot tarzini yaxshilash Respublika Markazi raisi oʻrinbosari.
  • Zoirov, Muhammadboron Rahmonovich — Tojikiston Respublikasi Davlat mol-mulk va sarmoyadorlik idorasi qoʻmitasi viloyatlardagi boʻlim boshligʻi.
  • Rajabov, Mahmadyor Nosirovich — Tojikiston Milliy Universiteti, Huquqshunoslik fakultetining Xalqaro huquq kafedrasi mudiri.

Tanqid va OAV tahrir

Tojikistonning Yevropa Ittifoqidagi doimiy vakili Rustam Soliyev Bryusselda Yevroparlament Vitse-prezidenti Richard Charneski bilan uchrashganda saylovning yuqori darajada uyushqoqlik bilan oʻtishiga ishonch bildirgan. Tojikistonning poytaxti va viloyat markazlarida saylovchilar oʻrtasida oʻtkazilgan mustaqil soʻrov natijalari shuni koʻrsatganki, saylovchilarning qariyb 68 foizi saylov natijalariga qiziqish bildirmaganligi maʼlum boʻlgan. 5 foizga yaqini tadbirdada umuman ishtirok etmasligini bildirgan. ishtirokchilarning aksariyati bir yoki bir necha kishi oʻrnida muntazam ovoz berib kelayotganini tan olgan.[7]

Sotsialistik partiya namoyandasi Farrux Boqiyev:

Bu yilgi saylov oldingilaridan tubdan farq qiladi, elektorat juda faollashgan, xalqaro kuzatuvchilar ham buni tan olishmoqda – deb aytgan.[7]

Uning fikricha, ushbu saylov mamlakatda tinch va osoyishta, yuksak uyushqoqlik bilan oʻtishi muhim boʻlgan. Tojikiston Islom uygʻonish partiyasi faoli Mirzoqul Hojimatov oʻz partiyasi nomzodlariga koʻrsatilgan tazyiqlar borasida soʻzlab:

Bazi nomzodlarimiz dardi ichida, ularning tadbirkorligi xatar ostida qolgani uchun nomlarini roʻyxatdan oʻzlari olishga majbur boʻlishdi, hatto ismlarini ochiq aytishdan qoʻrqishadi- degan.

Mahalliy majlislarga saylovlar boʻyicha Sugʻd viloyati saylov komissiyasi raisi Muhammadjon Ismatdinov:{{quotation|Qayd etilgan nomzodlardan deyarli shikoyat yoʻq, hammasi qonuniy boʻlmoqda- degan boʻlsa, Sotsial demokratik partiya vakillari joylarda boʻlgan tazyiqlarga misollar keltirgan, nomzodlari noqonuniy roʻyxatdan chiqarib yuborilganini pesh qilishgan.[7]

Markaziy Saylov Komissiyasining bildirishicha, ovoz berishlar erkin, demokratik va fuqarolarning yuqori siyosiy faolligida oʻtgan. Kuzatuvchilar esa saylovlarda qator qonunbuzarliklar sodir etilganini aytishgan. Jumladan Sotsial demokratik va Islom Uygʻonish partiyasi kuzatuvchilarga bosimlar boʻlgani, ovozlar qalbakilashtirilgani, saylovlar nodemokratik, qonunbuzarliklar bilan oʻtganini qayd etgan. Tahlilchilar Tojikistondagi saylov natijalari oldindan maʻlum ekanini, prezident Emomali Rahmon rahbarligidagi partiya koʻp ovoz olishiga hech narsa toʻsqinlik qilmasligini aytishgan.

Saylovoldi kompaniyasi davomida asosiy targʻibot Xalq Demokratik partiyasi uchun ishlagan. Boshqa partiyalar oʻzlariga nisbatan bosimlar boʻlgani, saylov targʻibotini oʻtkazishga koʻp hollarda imkon berilmaganidan shikoyat qilganlar.[8]

Havola tahrir

Manbalar tahrir

  1. http://www.gazeta.uz/2015/03/01/tj/
  2. 2,0 2,1 http://ria.ru/world/20150301/1050304511.html
  3. arxiv nusxasi, 2015-03-06da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-03-03
  4. arxiv nusxasi, 2015-04-02da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-03-03
  5. http://www.ozodlik.org/content/article/26887911.html
  6. arxiv nusxasi, 2015-03-06da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-03-03
  7. 7,0 7,1 7,2 http://blogs.voanews.com/uzbek/yoshlariston/2015/02/26/tojikistonda-majlisi-oliy-quyi-palatasi-va-mahalliy-majlislarga-saylov-tayyorgarligi-qizgin/
  8. http://www.bbc.co.uk/uzbek/lotin/2015/03/150302_latin_tajikistan_parlament_election