Toledo — Ispaniyaning markaziy qismidagi shahar. Tako daryosi boʻyida. Toledo provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 61 ming kishi (2000). Hunarmandchilik (metall buyumlar, korrida uchun anjomlar, keramika, ipak va jun gazlama tayyorlash)ning qad. markazi.

Qadimda T. karpetanlarning iberiy qabilasi manzilgohi boʻlgan, mil. av. 2-asrda uni rimliklar egallagan. 6-asr oʻrtalaridan Vestgotlar davlati poytaxti. 1085-yilda Alfons VI tomonidan egallanib Kastiliya va Leon poytaxtiga aylandi. 1479-yildan birlashgan Ispaniya poytaxti. Arablar qoʻl ostida boʻlgan davrdan boshlab hunarmandchilikning, xususan, sovuq qurollar ishlab chiqarish. va teriga ishlov berish markaziga aylandi. 14— 15-asrlarda movut, ipak matolar, keramika va zargarlik buyumlari ishlab chiqarish. ayniqsa rivojlandi. 16-asr oxiri va 17-asr boshlarida (poytaxt Madridga koʻchirilgach) T.ning iqtisodiy va siyosiy mavqei pasaydi.

Meʼmoriy yodgorliklardan rim davrida qurilgan sirk krldiklari, akveduk, shahar darvozalari, cherkovlar, ratusha, sobor, koʻpriklar va boshqa saqlangan. 20-asrda T. qad. meʼmorlikning milliy qoʻriqxonasi deb eʼlon qilingan. Shahar oʻrta asr qiyofasini saqlab qolgan, zamonaviy qurilishlar qilinmaydi. Turizm rivojlangan.