2021-yilgi Tolibon hujumi — AQSh harbiylarining Afgʻonistondan toʻliq olib ketilishi aniq boʻlgach[10][11], 2021-yilning 1-may kunidan Tolibon harakati tomonidan Afgʻoniston Qurolli kuchlariga qarshi boshlangan faol hujum harakatidir[12]. Hujumlar oqibatida 14-avgust kuni toliblar Afgʻonistonning 90 % hududini oʻzlariga boʻysundira oldilar. 15-avgustda poytaxt Kobulni bosib oldilar va mamlakat boshqaruvini qoʻlga kiritdilar. Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani mamlakatdan qochishga majbur boʻldi[13][14].

Tolibon hujumi
Afgʻoniston urushi (2005–2021)


Sanalar 2021-yil 1-maydan 16-avgustgacha[1]
Urush yeri Afgʻoniston
Natija Tolibon gʻalabasi
Raqiblar
Tolibon

Qoʻllab-quvvatlovchilar: Al-Qoida Al-Qoida
Tolibon Tolibon, Haqqoniy guruhi
Tehrik-e Taliban Pakistan
Vaziriston Vaziriston
Lashkari Toyiba Lashkari Toyiba
Joishi Muhammad Joishi Muhammad
Harakatul Mujohidin Harakatul Mujohidin

Afgʻoniston Islom Respublikasi
Amerika Qoʻshma Shtatlari AQSh (aviazarbalar, cheklangan ishtirok)[2][3]
Qoʻmondonlar
Haybatulloh Oxundzoda
Abdul Gʻani Birodar
Sirojiddin Haqqoniy
Ashraf Gʻani
Amrulloh Solih
Abdulloh Abdulloh
Bismilloh Xon Muhammadiy
Abdul Rashid Doʻstum
Ismoil Xon
Ahmad Masʼud

Joe Biden
Mark Milley

Kuchlar
„Qizil guruh“ „AQSh maxsus topshiriqlarni hamkorlikda bajarish guruhi“
Yoʻqotishlar
Afgʻonistonning 08.08.2021 kungi maʼlumotlariga koʻra: 8668 kishi halok boʻlgan[4] Afgʻonistonning 08.08.2021 kungi maʼlumotlariga koʻra: 1537 kishi halok boʻlgan[5][6][7][8]
Umumiy yoʻqotishlar
1031 nafar tinch aholi vakili halok boʻlgan
1609 nafar tinch aholi vakili jarohatlangan[9]

Boshlanishi tahrir

Afgʻonistondagi fuqarolar urushi davrida Tolibonga asosiy qarshilik mamlakat shimolidan (Shimoliy ittifoq) koʻrsatilgani uchun 2021-yil toliblar yangi hujumlarni boshlashda asosan shimolga eʼtibor qaratdilar[15]. 1990-yillarda Tolibon hukmronligi vaqtida Afgʻonistonda ayollarning huquqlari doimiy buzilib kelgan: ular hamma joyda burqa kiyib yurishga majbur boʻlganlar, 10 yoshdan katta qizlarga maktabda oʻqish taqiqlangan. Bu qoidalarni buzgan ayollarni omma oldida jazolaganlar, baʼzida qatl ham qilganlar[16].

Hujumning borishi tahrir

May tahrir

May oyi boshlarida Tolibon Vardak viloyatining 15 ta tumanini qoʻlga oldi[17][18][19][20]. Hujumlar oqibarida 405 nafar Afgʻoniston harbiylari va 260 nafat tinch aholi vakillari vafot etgan[21][22].

Iyun tahrir

Iyun oʻrtalariga kelib toliblar Bagʻlon va Qunduz viloyatlarining 69 ta tumanini nazoratlari ostiga olgan edilar[17][23][24][25]. Mozori-Sharif shahri oʻrab olingandi[26]. Toliblar Tojikiston bilan chegaradosh boʻlgan hududlarda oʻz bayroqlarini tikladilar[27][28]. 1,5 mingdan ortiq afgʻon harbiylari Tojikistonga qochib jon saqlashga majbur boʻldilar[29]. Iyun oxirlarida toliblar Kobulga chegaradosh boʻlgan Parvon viloyatida jang olib bordilar[30][31].

Iyul tahrir

2-iyul kuni NATO qoʻshinlarining soʻnggi harbiylari Bagram aviabazasini tark etdilar[32][33]. 4-iyul kuni toliblar Pokiston bilan chegara punktlarida oʻz bayroqlarini koʻtardilar[34]. 12-iyul kuni toliblar yana 55 ta tumanni qoʻlga kiritdilar[35]. Mamlakat rasmiylari esa avval „Tolibon“ tomonidan egallangan barcha hududlarni qaytarib olganliklarini aytishdi[36][37][38].

Avgust tahrir

Avgust boshida Afgʻonistondagi 417 tuman markazidan 200 tasi „Tolibon“ qoʻlida ekani aytildi. shuningdek, boshqa tumanlarda ham doimiy toliblar borligi maʼlum qilindi[39]. 6-avgust kuni „Tolibon“ Shibirgʻon[40] va Eron chegarasi yaqinidagi Zaranj shaharlarini egalladi[41][42]. Bir necha soatdan keyin Qunduz[43], Saripul va Talukan[44] ham toliblar qoʻliga oʻtdi[45][46].

 
Boeing B-52 Stratofortress samolyoti Afgʻoniston osmonida

7-avgustda Gʻarb davlatlari mamlakatda xavf darajasi yuqorilab ketgani sababli oʻz fuqarolarini Afgʻonistonni tark etishga chaqirdi[47][48][49]. Shu kuni Birlashgan millatlar tashkioti bosh kotibining Afgʻoniston boʻyicha vakili Debora Layons „Voqealarning bu terzda davom etishi mamlakatni halokatga olib keladi“, deb taʼkidladi[50]. 8-avgust Joe Biden administratsiyasi koʻpdan beri davom etayotgan Afgʻoniston urushini tugatish niyatida ekanini aytdi[51][52].

8-avgustda AQSh harbiy havo kuchlari Fors koʻrfazidan turib „Tolibon“ga qarshi zarbalar berdi[53][54][55].

9-avgust kuni Samangan viloyatining markazi — Oybek shahri ham „Tolibon“ tomonidan egallandi[56].

11-avgust kuni Joe Biden administratsiyasi AQSh 31-avgustgacha Afgʻoniston harbiylariga yordam berishini maʼlum qildi[57].

„Eron Islom Respublikasi ovozi“ teleradiokompaniyasi „Tolibon“ Afgʻonistonning 90 % hududini egallab olganini bildirdi[58].

Kobulning egallanishi tahrir

15-avgust kuni toliblar Afgʻonistondagi barcha chegara oʻtish punktlarini nazorat qilayotganlari maʼlum boʻldi[59]. Shu kuni „Tolibon“ jangchilari Kobulga hujum boshladilar[60][61]. Shaharda oʻq ovozlari eshitilib turganiga qaramasdan Afgʻoniston prezidenti administratsiyasi vaziyat nazorat ostida ekanini eʼlon qildi[62][63]. „Tolibon“ yetakchilari oʻz jangchilariga urushni toʻxtatishni buyurishdi va Kobulni jangsiz qabul qilib olishga tayyorlanayotganlarini maʼlum qilishdi[63][64][65]. „Tolibon“ vakillari Prezident qarorgohiga kelib hokimiyatni tinch yoʻl bilan topshirish boʻyicha muzokaralar olib borishdi[66][67][68].

Afgʻoniston yetakchisi oʻrnini „Tolibon“ning Qatardagi shtab-kvartirasi rahbari Abdul Gʻani Birodar egalladi. Sobiq Ichki ishlar vaziri Ali Ahmad Jaloliy esa Afgʻoniston muvaqqat hukumat rahbari lavozimini egalladi[69][70].

Afgʻoniston Islom Respublikasining prezidenti Ashraf Gʻani mamlakatni tark etdi. U Tojikistonga uchgani maʼlum qilindi[71]. Hukumat vakili Abdulloh Abdulloh bu maʼlumotni tasdiqlab, Ashraf Gʻanini „sobiq prezident“ deb atadi[72].

„Tolibon“ harakati Kobul ostonasida kutib turgan oʻz jangchilariga poytaxt Kobul shahriga kirishni buyurdi[73].

Kobul qulashidan keyingi qarshilik tahrir

17-avgust kuni mamlakatda qolgan vitse prezident Amrulloh Solih Afgʻoniston konstitutsiyasi boʻyicha oʻzini muvaqqat hukumat rahbari deb eʼlon qildi.

Manbalar tahrir

  1. „Taliban Declares "War Is Over" As It Takes Control Of Presidential Palace“. NDTV.com (16-avgust 2021-yil).
  2. Seldin, Jeff. „US Airstrikes Target Taliban as Fighting Intensifies“. Voice of America (5-may 2021-yil). 8-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-iyul 2021-yil.
  3. „US air force targets Taliban position in northern Afghanistan, media reports“. Afghanistan Times (26-iyun 2021-yil). 2-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-iyul 2021-yil.
  4. Press Release | Ministry of Defense Afg
  5. Faizi, Fatima; Abed, Fahim; Rahim, Najim. „Afghan War Casualty Report: May 2021“. The New York Times (3-iyun 2021-yil). Qaraldi: 9-iyul 2021-yil.
  6. Faizi, Fatima; Rahim, Najim. „Afghan War Casualty Report: June 2021“. The New York Times (1-iyul 2021-yil). Qaraldi: 9-iyul 2021-yil.
  7. Faizi, Fatima; Timory, Asadullah. „Afghan War Casualty Report: July 2021“. The New York Times (15-iyul 2021-yil). Qaraldi: 5-avgust 2021-yil.
  8. Faizi, Fatima. „Afghan War Casualty Report: August 2021“. The New York Times (5-avgust 2021-yil). Qaraldi: 6-avgust 2021-yil.
  9. Graham-Harrison, Emma. „Afghanistan civilian casualty figures at record high, UN says“. The Guardian (26-iyul 2021-yil). Qaraldi: 26-iyul 2021-yil.
  10. Steve Holland, Phil Stewart. „ʻTime to end the forever war’: Biden to start U.S. Afghanistan pullout on May 1“. Reuters. Qaraldi: 14-aprel 2021-yil.
  11. „Байден Американинг давомли урушини тўхтатишга қарор қилди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-aprel. (Wayback Machine saytida 2021-08-15 sanasida arxivlangan)
  12. De Luce, Dan; Yusufzai, Mushtaq; Smith, Saphora. „Even the Taliban are surprised at how fast they're advancing in Afghanistan“. NBC News (25-iyun 2021-yil). Qaraldi: 8-iyul 2021-yil.
  13. „Афғонистон собиқ президенти Ашраф Ғани қаерда экани маълум бўлди“. Bugun.uz. 2021-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
  14. V posolstve RF soobщili o pobege Gani iz prezidentskogo dvorsa
  15. „A Quarter of Afghanistan's Districts Fall to the Taleban amid Calls for a 'Second Resistance'“. Afghanistan Analysts Network (2021-yil 1-iyul). Qaraldi: 2021-yil 10-iyul.
  16. Panika i otchayanie v Afganistane: lyudi begut ot nastupayuщix otryadov „Talibana“, BBC, 16.08.2021
  17. 17,0 17,1 Roggio, Bill. „Taliban doubles number of controlled Afghan districts since May 1“. FDD's Long War Journal (29-iyun 2021-yil). Qaraldi: 9-iyul 2021-yil.
  18. Roggio, Bill. „UN report on Taliban controlled and contested districts tracks with LWJ data“. FDD's Long War Journal (3-iyun 2021-yil). Qaraldi: 9-iyul 2021-yil.
  19. „Taliban seize key district outside Afghan capital“. France24 (12-may 2021-yil). Qaraldi: 9-iyul 2021-yil.
  20. „Taliban capture more districts, surround Kabul“. Global Village Space (22-may 2021-yil). Qaraldi: 9-iyul 2021-yil.
  21. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named cas1
  22. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named cast
  23. Gibbons-Neff, Thomas; Rahim, Najim. „Taliban Enter Key Cities in Afghanistan's North After Swift Offensive“. The New York Times (8-iyul 2021-yil). Qaraldi: 9-iyul 2021-yil.
  24. „Baghlan: PD2 of Pul-e-Khumri Held by Taliban, City Under Siege“. Tolo News (24-iyun 2021-yil). Qaraldi: 9-iyul 2021-yil.
  25. Robertson, Nic. „Afghanistan is disintegrating fast as Biden's troop withdrawal continues“. CNN (24-iyun 2021-yil). Qaraldi: 9-iyul 2021-yil.
  26. Najafizada, Eltaf. „Taliban Besiege Key Afghan City With U.S. Troops Set to Exit“. Bloomberg (22-iyun 2021-yil). Qaraldi: 9-iyul 2021-yil.
  27. „Taliban captures Afghanistan's main Tajikistan border crossing“. Al Jazeera English (22-iyun 2021-yil). Qaraldi: 9-iyul 2021-yil.
  28. „Taliban capture Afghanistan's main Tajikistan border crossing“. France 24 (22-iyun 2021-yil).
  29. „Some 1,500 Afghan soldiers crossed into Tajikistan over past 2 weeks - Tajik rep to CSTO“. Interfax (7-iyul 2021-yil). Qaraldi: 9-iyul 2021-yil.
  30. „Parwan's Shinwari district overrun by Taliban“.
  31. „Taliban forces rapidly gaining ground in Afghanistan as U.S. leaves“ (en). NBC News. Qaraldi: 2021-yil 27-iyun.
  32. „АҚШ ва НАТО кучлари Афғонистондаги энг йирик авиабазани тарк этди“. Bugun.uz. 2021-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-iyul.
  33. „Germany, Italy Complete Troop Exit From Afghanistan“. Voice of America (2-iyul 2021-yil).
  34. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named dawn_pak
  35. „Taliban says it controls '85 percent' of Afghan territory, made no ceasefire promise to US“. France24 (9-iyul 2021-yil). Qaraldi: 9-iyul 2021-yil.
  36. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named jul12
  37. Roggie, Bill „Afghanistan at risk of collapse as Taliban storms the north“. FDD's Long War Journal (5-iyul 2021-yil). Qaraldi: 8-iyul 2021-yil.
  38. Nossiter, Adam. „Taliban Enter Kandahar City and Seize Border Posts“. The New York Times (9-iyul 2021-yil). Qaraldi: 10-iyul 2021-yil.
  39. Москва готова к сценарию полного захвата талибами власти в Афганистане // Interfax, 29 июля 2021 года
  40. „«Толибон» ҳаракати маршал Дўстумнинг уйини ёқиб юборди — ОАВ“. Bugun.uz. 2021-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-avgust.
  41. „Taliban take first Afghan province capital“. The West Australia. AAP (6-avgust 2021-yil). Qaraldi: 6-avgust 2021-yil.
  42. Талибы штурмуют города dw.com, 7 августа 2021 года
  43. „«Толибон» ҳаракати Афғонистоннинг энг йирик шаҳарларидан бирини эгаллаб олди — видео“. Bugun.uz. 2021-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-avgust.
  44. „«Толибон» ҳаракати Афғонистондаги яна бир вилоят марказини эгаллади“. Bugun.uz. 2021-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-avgust.
  45. Наступление талибов на севере Афганистана продолжается Русская служба Би-Би-Си, 8 августа 2021 года
  46. Талибан берёт под контроль Талукан ТАСС, 8 августа 2021
  47. „АҚШ америкаликларни зудлик билан Афғонистонни тарк этишга чақирди“. Bugun.uz. 2021-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-avgust.
  48. Посольство США в Кабуле сделало ряд заявлений // РИА НОВОСТИ, 7 августа 2021
  49. МИД Великобритании призвал граждан немедленно покинуть Афганистан // Regnum, 7 августа 2021
  50. В ООН предупредили о катастрофических последствиях войны в Афганистане // Regnum, 7 августа 2021 года
  51. New York Times: Планы Байдена в отношении Афганистана не изменились // ТАСС, 8 августа 2021 года
  52. „Байден Афғонистондан қўшинларини олиб чиқиш режасини ўзгартирмайди — ОАВ“. Bugun.uz. 2021-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-avgust.
  53. США отправили бомбардировщики B-52 в Афганистан для борьбы с талибами // Взгляд]]
  54. Бомбардировщики B-52 США нанесли авиаудары по талибам в Афганистане // Lenta.ru, 7 авг
  55. Американские бомбардировщики ликвидировали более 200 талибов на севере Афганистана (Wayback Machine saytida 2021-08-08 sanasida arxivlangan) // RusNext
  56. „Афғонистоннинг Саманган вилояти маркази «Толибон» ҳаракати қўлига ўтди — видео“. Bugun.uz. 2021-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-avgust.
  57. Брифинг в Пентагоне // ТАСС, 12 августа 2021 года
  58. „СМИ: "Талибан" контролирует около 90% территории Афганистана“. ТАСС. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  59. „AP: талибы взяли под контроль все погранпереходы в Афганистане“. РИА Новости (15-avgust 2021-yil). Qaraldi: 15-avgust 2021-yil.
  60. „Талибы начали наступление на Кабул“. РИА Новости. Qaraldi: 15-avgust 2021-yil.
  61. „«Толибон» ҳаракати Aфғонистон пойтахтига ҳужум бошлади — видео“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  62. Власти Афганистана опровергли нападение талибов на Кабул // Известия, 15 августа 2021
  63. 63,0 63,1 „«Толибон» ҳаракати Кобулга ҳужум бошлагани эълон қилинди — видео“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  64. „Taliban Says It Will Not Enter Kabul by Force“ (en). TOLOnews (2021-yil 15-avgust). Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  65. „«Толибон» ҳаракати Кобул бўйича баёнот берди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  66. „Талибы прибыли в президентский дворец в Кабуле“ (ru). Московский комсомолец (2021-yil 15-avgust). Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  67. Анастасия Лежепекова. „СМИ: передача власти в Афганистане состоится 15 августа в президентском дворце“. Газета.ru (2021-yil 15-avgust). Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  68. „Aфғонистон президенти ҳокимиятдан воз кечиши кутилмоқда“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  69. Президент Афганистана в ближайшие часы сложит с себя полномочия, 15.08.2021
  70. „«Толибон» ҳаракати Aфғонистон бутунлай ўз назоратига ўтганини маълум қилди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  71. „Aфғонистон президенти Тожикистонга учиб кетгани айтилмоқда“. Bugun.uz. 2021-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  72. „Taliban etenee syvemmälle Kabuliin, presidentti on poistunut maasta“ (fi). Yle Uutiset. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  73. „«Толибон» ҳаракати ўз кучларига Кобулга киришни буюрди“. Bugun.uz. 2021-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.