Tomdi tumani — Navoiy viloyatidagi tuman. 1927-yil 3-iyulda tashkil etilgan. Janubiy qismidan Konimex, Nurota tumanlari, shimoliy qismidan Qozogʻistonning Qiziloʻrda, sharqiy qismidan Janubiy Qozogʻiston viloyatlari, janubi-sharqdan Jizzax viloyati, gʻarbiy qismidan Uchquduq tumani bilan chegaradosh. Maydoni 42,4 ming km². Aholisi 14,9 ming kishi (2022). Tuman markazi — Tomdibuloq qishlogʻi. Tumanda 7 ta qishloq fuqarolar yigʻini (Keregetov, Koriz, Oqquduq, Oqtov, Soʻkitti, Tomdibuloq, Sheli) mavjud[4] Tumanda 17 umumiy taʼlim maktabi, qishloq xoʻjaligi. kasb-hunar kolleji mavjud. 25 kutubxona, 11 klub muassasasi, 1 teatr, 2 muzey bor. Kasalxona, poliklinika, tugʻruqxona, dorixonalar, qishloq vrachlik punktlari va boshqa tibbiy muassasalari faoliyat koʻrsatadi. Tomdi tumanida dunyodagi eng yirik oltin konlardan biri Muruntov oltin koni ham joylashgan.

Tomdi tumani
tuman
Tarkibida Navoiy viloyati
Maʼmuriy markazi Tomdibuloq
Asos solingan sanasi 1927-yil
Hokim Aldabergenov Qayrat Tutqabayevich
Rasmiy tillar Oʻzbek
Aholi (2022) 14 900
Millatlar tarkibi qozoqlar - 69,2%
qoraqalpoqlar - 29,4%
oʻzbeklar - 1,2%
boshqalar - 0,2% [1]
Dinlar tarkibi musulmonlar
Maydoni 4248,5 km²
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 36[2]
Pochta indeksi 210800 [3]
Avtomobil raqami kodi 85 — 89
Rasmiy sayti https://www.tomdi.uz/uz/
Xaritada
Tomdi tumani xaritada
Koordinatalari: 41°45′16″N 64°37′46″E / 41.75444°N 64.62944°E / 41.75444; 64.62944 G O
Qizilqum choʻlidagi saksovul, orqa tomonda esa Tamditov togʻlari joylashgan
Qizilqum choʻli

Tarixi tahrir

Tomdi tumani 1927-yil 3-iyulda Qoraqalpoq muxtor viloyati tarkibida tashkil etilgan. 1932-yil 20-martdan Qoraqalpoq Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tarkibida va 1936-yil 5-dekabrda Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tarkibiga oʻtkazildi. 1943-yil 2-avgustda tuman Buxoro viloyati tarkibiga o‘tkazildi. 1982-yil 20-aprelda Buxoro viloyatining shimoliy qismida yangidan Navoiy viloyati tashkil etilganidan so‘ng, u yangi tashkil etilgan ushbu viloyat tarkibiga kirdi. 1988-yil 6-sentyabrda Navoiy viloyati Samarqand viloyatiga qoʻshib yuborildi. 1989-yil 16-mayda Tomdi tumani Buxoro viloyatiga qaytarildi. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan bir yil o‘tib, 1992-yil 27-yanvarda Navoiy viloyati tiklandi va Tomdi tumani yangi viloyatning tarkibiga kiritildi[5]. Tomdi tumani XX asr oʻrtalarida oltin, kumush, platina, uran konlarining kashf etilishi natijasida jadal rivojlandi. Tuman hududida SSSR davrida foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash boʻyicha eng yirik korxonalar qurildi.

Tabiati tahrir

 
Tomditov togʻlari

Tuman hududi Qizilqum choʻlida joylashgan. Tuproqlari qizil, qum tuproqlar.

Iqlimi tahrir

Mintaqaning iqlimi keskin kontinental, yozi issiq va quruq, qishi esa sovuq. Yillik oʻrtacha harorat +15,0 °C. Yanvar oyining oʻrtacha harorati —4,1 °C, eng past harorati —31°C. Iyulning oʻrtacha harotati 30 °C, eng yuqori harorati 40 °C. Yillik oʻrtacha yogʻin 108 mm. Daryo va koʻllar yoʻq. Vegetatsiya davri 220-225 kun davom etadi.

Relyefi tahrir

Tomdi tumanining relyefi asosan pasttekisliklar va oʻrta balandlikdagi kichik togʻ jinslari bilan ifodalanadi. Pasttekisliklar tumanning deyarli barcha hududida tarqalgan, mintaqaning gʻarbiy qismida Muruntov va Tomditov togʻlari joylashgan. Tumanning togʻli hududlari dengiz sathidan 200 metrdan 900 metrgacha balandlikda joylashgan. Tepaliklar asosan, qumtosh va qumlardan tashkil topgan. Mintaqaning oʻrtacha balandligi 300 metrni tashkil qiladi. Mintaqaning eng baland nuqtasi — Tomditov togʻ tizmasining Oqtov togʻi, balandligi 922 metr. Mintaqaning eng past nuqtasi dengiz sathidan 12 metr pastda joylashgan Mingbuloq botigʻi hisoblanadi[6][7][8].

Gidrografiya tahrir

Tuman hududidan birorta ham daryo oqib oʻtmaydi, chunki tumanning deyarli butun hududi choʻl va dashtlardan iborat. Tumanning janubi-sharqiy hududidan bir qancha juda mayda soylar oqib, Haydarkoʻl koʻliga quyiladi. Mintaqadagi eng katta koʻl va suv havzasi — katta yopiq koʻl Haydarkoʻl hisoblanadi. Koʻl inson faoliyati davomida vujudga kelgan.

Flora va fauna tahrir

Tumanning unumsiz yerlari tufayli oʻsimlik dunyosi juda qashshoq. Asosan saksovul, kavrak, tuyaqorin, selin, rang va arpagʻonlar oʻsadi. Tuman hududida oq quyruq (saygʻoq), jayran, arxar, tulki, qobon, quyon, yumronqoziq, burgut, qargʻa, kaltakesaklar, echkemar, boʻgʻma ilonlar, kaklik va boshqalar uchraydi[4].

Maʼmuriy-hududiy tuzilishi tahrir

Tumanning maʼmuriy markazi Tomdibuloq qishlogʻi boʻlib, qishloqda 12 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Tumanda shahar maqomiga ega boʻlgan birorta ham aholi punkti yoʻq. Tumanda 7 ta qishloq fuqarolar yigʻini (Keregetov, Koriz, Oqquduq, Oqtov, Soʻkitti, Tomdibuloq, Sheli) mavjud. Tumanda juda koʻp kichik qishloqlar ham bor. Tuman hududida viloyatga boʻysunuvchi shahar maqomiga ega boʻlgan va Tomdi tumani tarkibiga kirmaydigan Zarafshon shahri joylashgan.

Tumanni boshqargan hokimlar tahrir

  • S.Pirmanov — (1961-1976-yillar)
  • A.Isayev — (1976-1982-yillar)
  • M.Suleymenov — (1986-1995-yillar)
  • A.Nazarov — (1995-2009-yillar)
  • Qayrat Aldabergenov — 2009-yildan boshlab tumanni boshqarmoqda

Tashkiliy tuzilmasi tahrir

  • Prokuror — D.Fayziyev
  • Kambagʻalchilikni qisqartirish va bandlik boʻlimi — O.Madenov
  • Adliya boʻlimi -
  • Xalq qabulxonasi mudiri — T.Medetov
  • Ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimi — A.Abdullayev
  • Maktabgacha va maktab taʼlim boʻlimi — M.Bazarbayev
  • Madaniyat boʻlimi
  • Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi — A.Jumamurodov
  • Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi — A.Juzgenov
  • Ichki ishlar boʻlimi — R.Roʻziyev
  • Oila va xotin-qizlar boʻlimi — A.Doʻspanbetova
  • Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi — M.Samatov
  • Investitsiya va tashqi savdo boʻlimi — A.Namazov
  • Pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimi — K.Aydarov

Tuman deputatlari tahrir

Tomdi tumani kengashiga, jami 20 ta deputat Oʻzbekiston Respublikasining saylov o‘tkazishning asosiy prinsiplari asosida xalq tomonidan saylanadi[9]. 2023-yilga koʻra Tomdi tumani kengashiga saylangan deputatlar roʻyxati:

Tomdi tumani kengashining deputatlari[10]
F. I. Sh,
Tugʻilgan yili,
manzili
Maʼlumoti,
mutaxasisligi
Tegishli saylov
okrugining nomi
Millati Ish joyi,
lavozimi
1 Abdullayeva Marina
Abdikerimovna
1971-yil
Tomdi tumani
Oliy,
Nukus davlat universiteti,
ekologiya-biologiya
fani oʻqituvchisi
1-Aytekibiy
saylov okrugi
Qoraqalpoq
Tomdi tumani,
1-umumiy oʻrta taʼlim
maktabining direktori
2
Bayanasov Lais
Moʻldahmetovich
1953-yil
Tomdi tumani
Oʻrta-maxsus,
Buxoro qishloq
xoʻjalik texnikumi,
zootexnik-tashkilotchi
2-A.Navoiy
saylov okrugi
Qozoq
Tomdi tumani,
Nuroniy
jamgʻarmasi raisi
3
Urazshayev Fidel
Qoʻyshuaqoʻvich
1968-yil
Tomdi tumani
Oliy,
Toshkent davlat
formasevtika instituti,
provizor
3-Ulken Tomdi
saylov okrugi
Qozoq
Tomdi tumani,
Xususiy dorixona mudiri
4
Aldabergenov Qayrat
Tutqabayevich
1966-yil
Nurota tumani
Oliy,
Toshkent qishloq
xoʻjaligi instituti,
iqtisodchi
4-Yangi Tomdi
saylov okrugi
Qozoq
Tomdi tumani hokimi
5
Begova Lazzat
Tuleshovna
1975-yil
Tomdi tumani
Oʻrta-maxsus,
Navoiy tibbiyot bilim yurti,
hamshira
5-Altintau
saylov okrugi
Qozoq
Tomdi tumani,
Tibbiyot birlashmasi,
Tez tibbiy yordam boʻlimi
navbatchi feldsheri
6
Jalgʻasbayeva Dametken
Yesbatirovna
1967-yil
Tomdi tumani
Oliy,
Toshkent Davlat
pedagogika instituti,
qozoq tili va adabiyoti
fani oʻqituvchisi
6-Navroʻz
saylov okrugi
Qozoq
Tomdi tumani,
12-umumiy oʻrta taʼlim
maktabining oʻqituvchisi
7
Jalgʻasbayev Qaldibek
Auyezovich
1963-yil
Tomdi tumani
Oliy,
Navoiy Davlat
pedagogika instituti,
rus tili va adabiyoti
fani oʻqituvchisi
7-Qizilquduq
saylov okrugi
Qozoq
Tomdi tumani,
16-umumiy oʻrta taʼlim
maktabining oʻquv tarbiya ishlari
boʻyicha direktor oʻrinbosari
8
Madreymova Ulpash
Karinsauovna
1964-yil
Tomdi tumani
Oliy,
Toshkent Davlat universiteti,
matematika fani oʻqituvchisi
8-Raxat
saylov okrugi
Qozoq
Tomdi tumani,
16-umumiy oʻrta taʼlim
maktabi direktori
9
Sibayev Rabat
Taubayevich
1965-yil
Tomdi tumani
Oliy,
Toshkent qishloq
xoʻjaligi instituti,
zootexnik
9-Aqtau
saylov okrugi
Qozoq
Xalq deputatlari,
Tomdi tumani kengashi
kotibiyatining mudiri
10
Bazarbayev Mels
Qayirbayevich
1982-yil
Tomdi tumani
Oliy,
Navoiy Davlat
pedagogika instituti,
boshlangʻich taʼlim va sport
tarbiyaviy ish
10-Ayaqquduq
saylov okrugi
Qozoq
Tomdi tumani,
xalq taʼlimi boʻlimi mudiri
11
Japbarov Aqnazar
Yesengeldiyevich
1973-yil
Tomdi tumani
Oʻrta-maxsus,
Tomdi tumani biznes maktabi,
veterinar
11-Turlibay
saylov okrugi
Qozoq
Tomdi tumani,
"Ayaqquduq" ovul
fuqarolar yigʻini raisi
12
Qayipova Svetlana
Qoʻjamqulovna
1983-yil
Tomdi tumani
Oliy,
Navoiy Davlat
pedagogika instituti,
matematika va informatika
fani oʻqituvchisi
12-Qulimbet
saylov okrugi
Qoraqalpoq
Tomdi tumani,
10-umumiy oʻrta taʼlim
maktabi direktori
13
Mirsadiqova Aqshoʻlpan
Mirzasadiqovna
1998-yil
Konimex tumani
Oʻrta-maxsus,
Zarafshon tibbiyot kolleji,
davolash ishi
13-Aldabergen
saylov okrugi
Qozoq
Tomdi tumani,
Tibbiyot birlashmasi
FAP Aldabergenk
patronaj hamshira
14
Turmaxanov Janibek
Misilimovich
1985-yil
Tomdi tumani
Oliy,
Navoiy Davlat
pedagogika instituti,
matematika fani oʻqituvchisi
14-Sukitti
saylov okrugi
Qozoq
Tomdi tumani,
"Sukitti" ovul
fuqarolar yigʻini raisi
15
Doʻspanbetova Alma
Auyelbekovna
1981-yil
Tomdi tumani
Oliy,
Navoiy Davlat
pedagogika instituti,
qozoq tili va adabiyoti
fani oʻqituvchisi
15-Keriz
saylov okrugi
Qozoq
Tomdi tumani
hokimi oʻrinbosari,
oila va xotin-qizlar
boʻlimi boshligʻi
16
Aldanov Yelibay
Toʻqbergenovich
1963-yil
Tomdi tumani
Oʻrta-maxsus,
Nukus selxoztexnikum,
hisobchi
16-Keregetau
saylov okrugi
Qozoq
Tomdi tumani,
"Keregetau" ovul
fuqarolar yigʻini raisi
17
Tasqinbayev Talgʻat
Atabayevich
1979-yil
Tomdi tumani
Oʻrta-maxsus,
Tomdi tumani biznes maktabi,
traktorchi
17-Jiriq
saylov okrugi
Qozoq
Tomdi tumani,
"Meyrimxon"
fermer xoʻjaligi rahbari
18
Rustemov Hamit
Umbetiyarovich
1984-yil
Tomdi tumani
Oliy,
Navoiy Davlat
pedagogika instituti,
qozoq tili va adabiyoti
fani oʻqituvchisi
18-Oʻrtaquduq
saylov okrugi
Qozoq
Tomdi tumani,
14-umumiy oʻrta taʼlim
maktabi direktori
19
Xodjayeva Janna
Bekboʻsinovna
1983-yil
Tomdi tumani
Oliy,
Buxoro davlat
tibbiyot instituti,
umumiy amaliyot shifokori
19-Utemurat
saylov okrugi
Qozoq
Tomdi tumani,
Tibbiyot birlashmasi,
Umenurat QVR
shifokori
20
Usenov Almat
Shakirovich
1982-yil
Tomdi tumani
Oʻrta-maxsus,
kasb-hunar kolleji,
hisobchi
20-Sukitti
saylov okrugi
Qoraqalpoq
Tomdi tumani,
11-umumiy oʻrta taʼlim
maktabining xoʻjalik
ishlari mudiri

Aholisi tahrir

Tuman viloyat umumiy yer maydonining 38 foizi, aholisining 3,0 foizini tashkil etadi. Tuman aholisi 2022-yilgi statistikaga koʻra 14 900 kishini tashkil qildi. Jami aholi tarkibining 51,2 foizini ayollar va 48,8 foizini erkaklar tashkil qiladi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 0,6 kishidan toʻgʻri keladi[4]. Tuman aholisining asosiy qismi qozoqlar va qoraqalpoqlardan iborat. Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-mart oylarida Tomdi tumanida qayd etilgan nikohlar soni 12 tani tashkil qildi[11]. Tomdi aholisi yildan-yilga kamayishining asosiy sabablaridan biri, etnik qozoqlarning Qozogʻiston Respublikasiga koʻchib ketishidir[12].Tuman aholisining milliy tarkibi quyidagicha[13]:

Iqtisodiyoti tahrir

 
Muruntov — dunyodagi eng yirik oltin konlaridan biri.

Viloyat statistika boshqarmasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-aprel oylarida Tomdi tumanida tashqi savdo aylanmasi hajmi 422 ming AQSH dollarini tashkil qildi[14]Tumanda 2023-yilgi statistikaga koʻra 52 ta oilaviy korxona, 273 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar va 89 ta sanoat korxonalari faoliyat yuritmoqda[15].

Qishloq xoʻjaligi tahrir

Tumanning umumiy maydoni 4248,5 ming km2 boʻlib, shundan 30,3 ming km2 yaylovlar (71%) va 12,2 ming km2 (29%) qishloq xoʻjaligida foydalanmaydigan yerlar hisoblanadi. Sugʻoriladigan yerlar mavjud emas. Qishloq xoʻjaligining asosi — yaylov chorvachiligi. Asosan, qorakoʻl qoʻylari boqiladi. Tuya, ot ham koʻpaytirilmoqda. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 1402 qoramol (shundan 710 sigir), 363,9 ming qoʻy va echki, 3,5 ming ot, 2,5 ming tuya boqiladi (2003). Xoʻjaliklarning umumiy sonidan 245 tasi mikrofirma, 6 tasi kichik 7 tasi oʻrta va 21 tasi yirik korxonadir. Tomdi tumanidagi yirik qishloqlar orasida avtobuslar qatnaydi[4].

Sanoati tahrir

 
Tomdi tumanidagi noyob oltinli jins.
Geologik parkning koʻrgazmasi

Tomdi viloyati oltin, kumush, platina, uran, reniy, rux va boshqa foydali qazilmalarning dunyodagi eng yirik konlariga ega. Ushbu konlarni oʻzlashtirishda, asosan ochiq usulda qazib olish yoʻli amalga oshiriladi. Tumanda uran, qimmatbaho va rangli metallarni qayta ishlash korxonalari mavjud. Dunyodagi eng yirik oltin koni Tomdi tumanida joylashgan Muruntov kareri boʻlib, oltin qazib olish boʻyicha ikkinchi oʻrinda turadi (Indoneziyadagi Grasberg korxonasidan keyin). Ushbu karerning uzunligi 3,5 kilometr, kengligi 2,7 kilometr, chuqurligi esa 430 metrni tashkil qiladi. Kon 1958-yilda ochilgan, metallni sanoatda qazib olish esa 1969-yilda boshlangan. Kon yaqinida oltin qazib olish boʻyicha dunyoda ikkinchi oʻrinda turadigan Zarafshon oltin qazib olish majmuasi joylashgan. 2001-yilda ishlab chiqarish hajmi yiliga 53 tonnani, 2014-yildan boshlab esa 61 tonnani tashkil qildi[16]. 2007-yil holatiga koʻra oltin zahiralari 1750 tonnaga baholangan va bu koʻrsatkich boʻyicha Muruntov koni AQShdagi Pebble konidan keyin ikkinchi oʻrinda turadi[17]. Tomdi tumani hududida oltin va uran qazib olish bo‘yicha jahondagi yirik korxonalardan biri bo‘lgan Navoiy kon-metallurgiya kombinati faoliyat ko‘rsatmoqda. Navoiy kon-metallurgiya kombinati dunyoda oltin qazib olish boʻyicha oltinchi va uran qazib olish boʻyicha yettinchi oʻrinda turadi. Navoiy kon-metallurgiya kombinati tarkibiga beshta yirik kon-metallurgiya korxonalari, shuningdek, „Navoiy mashinasozlik zavodi“ ishlab chiqarish birlashmasi va „Zarafshon qurilish boshqarmasi“ kiradi[18]. 2000-yillarning oʻrtalariga kelib tuman hududida 70 dan ortiq turli sohadagi turli korxona, firma va kompaniyalar faoliyat koʻrsatgan. Tomdi tumanida gʻisht, qurilish materiallari, oziq-ovqat ishlab chiqarish korxonalari ham faoliyat koʻrsatmoqda[19].

Ijtimoiy soha tahrir

Maktablari tahrir

 
№ 1-umumiy o‘rta taʼlim maktabida soʻnggi qoʻngʻiroq(25-may, 2023-yil).

Tomdi tumanida 2023-yil 1-yanvardagi maʼlumotga koʻra 17 ta umumiy taʼlim maktabi faoliyat yuritmoqda, jami 331 pedagog[20] 1 755 oʻquvchilarga taʼlim bermoqda[21]. Tomdi tumani maktablarining deyarli barchasida darslar qozoq tilida olib boriladi, shu sababli tuman aholisining aksar qismi davlat tilida ravon gapira olmaydi. Tuman miqyosidagi maktablarda oʻzbek sinflari tashkil qilinmagan.

  • № 1-umumiy o‘rta taʼlim maktabi — darslar qozoq tilida olib boriladi.
  • № 2-umumiy o‘rta taʼlim maktabi — darslar qozoq tilida olib boriladi.
  • № 3-umumiy o‘rta taʼlim maktabi — darslar qozoq tilida olib boriladi.
  • № 4-umumiy o‘rta taʼlim maktabi — darslar qozoq tilida olib boriladi.
  • № 5-umumiy o‘rta taʼlim maktabi — darslar qozoq tilida olib boriladi.
  • № 6-umumiy o‘rta taʼlim maktabi — darslar qozoq tilida olib boriladi.
  • № 7-umumiy o‘rta taʼlim maktabi — darslar qozoq tilida olib boriladi.
  • № 8-umumiy o‘rta taʼlim maktabi — darslar qozoq tilida olib boriladi.
  • № 9-umumiy o‘rta taʼlim maktabi — darslar qozoq tilida olib boriladi.
  • № 10-umumiy o‘rta taʼlim maktabi — darslar qozoq tilida olib boriladi.
  • № 11-umumiy o‘rta taʼlim maktabi — darslar qozoq tilida olib boriladi.
  • № 12-umumiy o‘rta taʼlim maktabi — darslar qozoq tilida olib boriladi[22].
  • № 13-umumiy o‘rta taʼlim maktabi — darslar qozoq tilida olib boriladi.
  • № 15-umumiy o‘rta taʼlim maktabi — darslar qozoq tilida olib boriladi.
  • № 14-umumiy o‘rta taʼlim maktabi — darslar qozoq tilida olib boriladi.
  • № 16-umumiy o‘rta taʼlim maktabi — darslar qozoq tilida olib boriladi.
  • № 17-umumiy o‘rta taʼlim maktabi — darslar qozoq tilida olib boriladi.

Madaniyat va taʼlim tahrir

Tomdi tumanida bitta teatr, ikkita muzey, markaziy madaniyat saroyi, madaniyat uylari, koʻplab klublar va 25 kutubxona (2000-yillarning oʻrtalarida) mavjud. O‘zbekiston va Navoiy viloyati bo‘ylab tarqatilayotgan gazeta, jurnal, radiostansiya va telekanallardan tashqari, Tomdi tumani hududida o‘zbek tilida gazetalar, shuningdek, qozoq tilida „Tamdi sharuageri“ nomli gazetasi nashr etiladi.

Sport tahrir

Tomdi tumanida stadionlar, sport zallari, sport maydonchalari va boshqa sport inshootlari mavjud. 2000-yillarning oʻrtalarida 15 ga yaqin sport inshooti faoliyat koʻrsatgan

Diqqatga sazovor joylar va turizm tahrir

Tumanda turizm sohasi yetarli darajada rivojlanmagan. Choʻl hududida meʼmoriy va arxeologik yodgorliklar yoʻq. Turistlar, asosan, Qizilqum choʻlining markaziy qismini, dunyodagi eng yirik oltin koni Muruntov va boshqa oltin konlarini koʻrish uchun keladi. Tumanning maʼmuriy markazi — Tomdibuloq qishlogʻida yagona Tomdi tarixiy-oʻlkashunoslik muzeyi mavjud.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Tuman tarixi“. 2023-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-may.
  2. O`zbekiston shaharlarining telefon kodlari
  3. Tomdi tumani maʼlumot
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 ".Tomdi tumani" OʻzME. T-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  5. Kun tarixi: Navoiy viloyati qachon tashkil etilgan?
  6. Dostoprimechatelnosti Uzbekistana. Mingbulakskaya vpadina (Wayback Machine saytida 2017-01-21 sanasida arxivlangan) awaytravel.ru
  7. „kamenniy les“ v urochiщe Djarakuduk Mingbulakskoy vpadini (Wayback Machine saytida 2017-01-13 sanasida arxivlangan) narodnoeslovo.uz, 21 Sentyabr 2016
  8. Poselok Mingbulak v Mingbulakskoy vpadine sreda.uz
  9. Saylov o‘tkazishning asosiy prinsiplari
  10. „Tomdi tumani kengashining deputatlari“. 2023-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-may.
  11. 3 oyda qaysi hududda eng koʻp nikoh qayd etildi?
  12. Qazaqstangʻa 30 jilda qay elderden qansha qandas kөshіp keldі
  13. „Томди тумани аҳолиси“ (uz). Хокимият Тамдынского района. 2016-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-fevral.
  14. .Qaysi hududning tashqi savdo aylanmasi yuqori?
  15. Navoiy viloyatining qaysi hududida sanoat korxonalari ko‘proq joylashgan?
  16. „Добыча золота по предприятиям мира“ (deadlink). gold.1prime.ru. 2016-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-fevral.
  17. „Месторождение Пеббл по запасам и ресурсам золота превзошло Мурунтау“. Информационно-аналитический центр Минерал. 2014-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-fevral.
  18. „Месторождение Пеббл по запасам и ресурсам золота превзошло Мурунтау“. Информационно-аналитический центр Минерал. 2014-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-fevral.
  19. O`zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi 2008.
  20. Navoiy viloyati maktablarida taʼlim berayotgan oʻqituvchilar soni qancha?
  21. Navoiy viloyati maktablarida necha nafar oʻquvchi tahsil olmoqda?
  22. Tomdi tumanida yangi maktab foydalanishga topshirildi