Toshbuloq — Namangan viloyati Namangan tumanidagi shaharcha, tuman markazi. 1989-yil 18-oktabrda tashkil qilingan. Toshbuloq Namangan Tumanidagi asosiy va katta shahri hisoblanadi. Namangan shahridan 10 km gʻarbda. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Namangan (10 km). aholisi 13947 kishi (2003). T.da „Toshbuloq To'la“ aksiyadorlik jamiyati, „Rayhon To'la“ pillani qayta ishlash korxonasi, „Toshbuloq-Tekstil“ toʻqimachilik korxonasi faoliyat koʻrsatadi. Avtokorxona, dehqon bozori, madaniyat saroyi, madaniyat uyi, markaziy kutubxona va uning shoxobchalari, „Yoshlar markazi“ ishlab turibdi. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa maktablari, 2 kasbhunar kolleji, maqom va xor jamoalari, „Olvalizor gullari“ ashula va raqs xalq ansambli bor.

Toshbuloq
shahar
40°55′24″N 71°34′19″E / 40.92333°N 71.57194°E / 40.92333; 71.57194 G OKoordinatalari: 40°55′24″N 71°34′19″E / 40.92333°N 71.57194°E / 40.92333; 71.57194 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Namangan viloyati
tuman Namangan tumani
Aholisi
13 947
Vaqt mintaqasi UTC+5
Toshbuloq xaritada
Toshbuloq shahrida kun botishi

Stadion, 2 tennis korti, 2 ta bolalar sport maktabi mavjud. Markaziy kasalxona, kattalar va bolalar poliklinikalari, tez tibbiy yordam ilmiy markazi boʻlimi, markaziy dorixona, 5 xususiy dorixona, 2 xususiy kasalxona aholiga xizmat koʻrsatadi.[1]


Jome Masjidi- Toshbuloqning markazida joylashgan bo'lib bu shaxarchadagi eng katta masjid hisoblanadi.


Dehqon bozori - hammaga tanish bo'lgan dehqon bozori ham Toshbuloqda joylashgan bo'lib bu sharchaning eng katta bozori hisoblanadi. Boshqa qishoqlar ham shu bozordan xarid qilishadi. Bu bozor Payshanbadan-Yakshanbagacha ochiq bo'ladi.


Pochta Indeksi - Toshbuloq shahrchasining asosiy pochta indeksga ega bo'lib uning indeksi 160600 hisoblanadi.

Nomi tahrir

Toshbuloq soʻzi maʼnosi „toshli buloq“ yaʼni u yerda 7 ta toshli issiq va sovuq shifobaxsh buloqlar mavjud. Bu buloqlardan biriga Ohunov nomidagi davolanish maskani qurilgan.

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil