Toshkent haqiqati Toshkent viloyati hokimligining ijtimoiysiyosiy gazetasidir. Muassisi — Toshkent viloyati hokimligi. Toshkent shahrida haftada 5 marta chiqadi. Dastlab 1928-yil 11 dekabrda "Sharq haqiqati" nomi bilan "Toshkent okrug firqa qoʻmitasining, okrug ijroiya qoʻmitasining va okrug kasaba soyuzlari shoʻrosining nashr afkori" sifatida chop etilgan (jami 519 soni chiqqan). 1930-yil 23-sentabrdan "Qizil Oʻzbekiston" gaz.ga qoʻshilgan. 1954-yil 9-fevraldan hozirgi nomda. Gazetaga turli yillarda R. Alimov, E. Ismoiljonov, 3. Yesenboyev, M. Qoriyev, A. Ismoilov, N. Nasimov, F. Muhiddinov va boshqa muharrirlik qilishgan.

Gazetaning tashkil etilishida va dastlabki sonlaridan boshlab siyosiyiqtisodiy, ijtimoiy va iqtisodiy hayot hodisalariga hozirjavob gaz. sifatida namoyon boʻlishida oʻsha davrning taniqli yozuvchi va jurnalistlari — Abdulla Qodiriy, Gʻafur Gʻulom, Maqsud Shayxzoda, Sotti Husayn, Komil Aliyev, Orif Ayupovlar katta ijodiy hissa qoʻshganlar. 2001-yil 7-iyuldan "Toshkent haqiqati" va "Tashkentskaya pravda" gazetalarining birlashgan tahririyati tashkil etildi. Gaz. sahifalarida bozor iqtisodiyotini rivojlantirish, keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirish, ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyot, tadbirkorlik harakati miqyoslarini kengaytirish muammolariga doir mavzular yoritib boriladi. Barkamol inson tarbiyasi vatanparvarlik va yuksak axloqiymaʼnaviy fazilatlarni shakllantirish, huquqtargʻibot masalalari gazetada yetakchi mavzularga aylangan. Adadi 12 000 nusxa (2004).