Toshkent kimyo-texnologiya instituti


Toshkent kimyo-texnologiya instituti (TKTI) (oʻzbekcha: Toshkent kimyo - texnologiya instituti) Oʻzbekiston Respublikasi va Markaziy Osiyodagi yetakchi kimyo va texnologiya institutidir.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Asos solingan 1991-yil 6-may
Oʻquv yurti turi Institut
Yoʻnalish kimyo
Sohasi kimyo texnologiyasi
Rektori Usmonov Botir Shukurillayevich
Talabalari 8640 dan oshiq
Fakultetlar 5 ta
Bakalavriat 4975
Magistratura 383
Doktorantura 50 dan oshiq
Manzili Alisher Navoiy koʻchasi, 32
Vebsayti tkti.uz

Koordinatalari: 41°19′19.615555973284″N 69°14′46.559185241526″E / 41.32211543221480099°N 69.24626644034486844°E / 41.32211543221480099; 69.24626644034486844 G O

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Oʻzbekiston Respublikasi 1-Prezidenti I.A.Karimovning 1991-yil 6-maydagi farmoni bilan respublikada oliy texnik taʼlim darajasini oshirish, muhandislik va ilmiy kadrlar tayyorlashni takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan. Beruniy nomidagi Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universitetining „Kimyo-texnologiya“, „Muhandislik-texnologiya“, „Neft va gaz“ fakultetining kimyo ixtisosliklari negizida tashkil etilgan[1][2][3]. 2023-2024 yildagi institut haqida bukletni ko'rish.[4]

Institut rahbariyati tahrir

  • Usmonov Botir Shukurillayevich — Rektor
  • Safarov Toyir Tursunovich — O’quv ishlari bo’yicha prorektor
  • Pulatov Xayrulla Lutpullayevich — Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor
  • Qodirov Bobiromon Bekmurodovich — Iqtisodiy va tashkiliy masalalar bo‘yicha prorektor
  • Boborajabov Bahodir Nasriddinovich — Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo'yicha birinchi prorektor
  • Zebo Babaxanova Abdullayevna — Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor
  • Anvar Shernaev Normamatovich — Korxonalar va ta’lim muassasalari bilan ishlash bo'yicha prorektor
  • Akramov Olimxon Axrorovich — Talabalar orasida ijtimoiy-maʼnaviy muxit barqarorligini taʼminlashga masʼul boʼlgan rektor maslahatchisi
  • Abdulboqiyev Egamnazar Murodjon o'g'li — Rektorning Axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi, matbuot kotibi

Fakultetlari tahrir

Yoqilgʻi va organik birikmalar ishlab chiqarish texnologiyalari fakulteti

Yoqilgʻi va organik birikmalar ishlab chiqarish texnologiyalari fakulteti

Fizika va energetika;
Sellyuloza va yog`ochsozlik texnologiyasi;
Neftni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi;
Gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi;
Asosiy organik sintez texnologiyasi;
Harbiy boʻlim


Kimyoviy moddalar texnologiyasi fakulteti
Noorganik moddalarning kimyoviy texnologiyasi;
Yuqori molekulali birikmalar va plastmassalar texnologiyasi;
Umumiy kimyo;
Kimyoviy texnologiya jarayonlari va qurilmalari;
Texnologik mashina va jihozlar;
Silikat materiallar va nodir, kamyob metallar texnologiyasi.


Oziq-ovqat texnologiyasi fakulteti;
Oziq-ovqat xavfsizligi va funksional mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi;
Informatika, avtomatlashtirish va boshqaruv;
Muhandislik grafikasi va mexanika asoslari;
Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi.


Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi fakulteti

Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi fakulteti;

Enologiya va bijg'ish mahsulotlari texnologiyasi;
Biotexnologiya;
Sanoat ekologiyasi.


Menejment va kasb-hunar taʼlimi fakulteti
O'zbek tili va professional ta’lim;
Sаnоаt iqtisоdiyoti vа mеnеjmеnti;
Oliy matematika;
Sifat menejmenti va mahsulotlar xavfsizligi;
Xorijiy tillar;
Ijtimoiy-siyosiy fanlar

Xalqaro aloqalar va reyting tahrir

Xalqaro aloqalar bo‘limi institut va uning tarkibiy bo‘linmalari, professor-o‘qituvchilari va xodimlarining xorijiy tashkilotlar, shu jumladan xorijiy oliy ta’lim muassasalari, markazlari bilan hamkorlik faoliyatini tashkillashtiradi. Institut xorijiy talabalarning o'quv hamda ilmiy faoliyatini, professor-o‘qituvchilarning tadqiqot va mehnat faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Institutni xalqaro e’tirof etilgan QS, THE, ARWU, UI GreenMetric va boshqa xalqaro reytinglarni TOP 1000 talikka kirishda har yili faol ishtirok etadi.

Institut tuzilishi tahrir

Anʼanaviy fanlar instituti kimyo, neftni qayta ishlash, biokimyo sanoati, shuningdek, qurilish materiallari sanoati, chinni-fayans, mebel, yogʻochga ishlov berish, yogʻ-moy, un, konserva, goʻsht-sut sanoati korxonalari uchun mutaxassislar tayyorlaydi. Hozirgi kunda institut tarkibida 5 ta fakultet, ixtisoslashtirilgan sirtqi boʻlim va akademik litsey mavjud. Institutda 8640 dan ortiq talaba tahsil olmoqda, 27 ta kafedrada 300 ga yaqin aspirant va doktorantlar, fan nomzodlari, dotsentlar, 150 dan ortiq fan doktorlari, professorlar pedagogik va ilmiy faoliyat bilan shugʻullanmoqda.

Institut tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi

Bakalavr yoʻnalishlari tahrir

Kunduzgi tahrir

# Shifri Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 60112400 Professional ta’lim (oziq-ovqat texnologiyasi)
2 60411200 Menejment (kimyo va oziq-ovqat sanoati)
3 60412500 Marketing (kimyo va oziq-ovqat sanoati)
4 60710100 Kimyoviy texnologiya (sirt-faol moddalar va organik yuvuvchi vositalar)
5 60710100 Kimyoviy texnologiya (chinni-fayans)
6 60710100 Kimyoviy texnologiya (kamyob, tarqoq va nodir metallar)
7 60710100 Kimyoviy texnologiya (asosiy organik sintez)
8 60710100 Kimyoviy texnologiya (sellyuloza-qog’oz ishlab chiqarish kimyoviy texnologiyasi)
9 60710100 Kimyoviy texnologiya (silikat materiallar)
10 60710100 Kimyoviy texnologiya (qurilish materiallar)
11 60710100 Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar)
12 60710100 Kimyoviy texnologiya (plastmassalarni qayta ishlash)
13 60710100 Kimyoviy texnologiya (lok-bo’yoq ishlab chiqarish)
14 60710200 Biotexnologiya (oziq-ovqat, oziqa, kimyoviy mahsulotlar va qishloq xo’jaligi)
15 60710500 Energetika (kimyo va oziq-ovqat sanoati)
16 60711300 Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (kimyo va oziq-ovqat)
17 60711400 Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (kimyo va oziq-ovqat sanoati)
18 60720100 Oziq-ovqat texnologiyasi (oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi)
19 60720100 Oziq-ovqat texnologiyasi (oziq-ovqat xavfsizligi)
20 60612000 Yog‘lar, efir moylari va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi
21 60720300 Vinochilik texnologiyasi, bijg‘ish mahsulotlari va alkogolsiz ichimliklar texnologiyasi
22 60720400 Konservalash texnologiyasi
23 60720500 Funksional ovqatlanish va bolalar mahsulotlari texnologiyasi
24 60720600 Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (organik moddalar, kimyo va neft-gaz sanoati)
25 60720700 Texnologik mashinalar va jihozlar (maishiy texnika)
26 60720700 Texnologik mashinalar va jihozlar (mebel va yog’ochsozlik sanoati
27 60720700 Texnologik mashinalar va jihozlar (kimyo sanoati)
28 60720900 Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi
29 60721000 Gazni chuqur qayta ishlash texnologiyasi
30 60721100 Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi
31 61020200 Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (kimyo va oziq-ovqat sanoati)

Sirtqi tahrir

# Shifri Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 60112400 Professional ta’lim (oziq-ovqat texnologiyasi)
2 60411200 Menejment (kimyo va oziq-ovqat sanoati)
3 60412500 Marketing (kimyo va oziq-ovqat sanoati)
4 60610300 Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha)
5 60710100 Kimyoviy texnologiya (plastmassalarni qayta ishlash)
6 60710100 Kimyoviy texnologiya (lok-bo’yoq ishlab chiqarish)
7 60710100 Kimyoviy texnologiya (kamyob, tarqoq va nodir metallar)
8 60710100 Kimyoviy texnologiya (sirt-faol moddalar va organi yuvuvchi vositalar)
9 60710100 Kimyoviy texnologiya (asosiy organik sintez)
10 60710100 Kimyoviy texnologiya (sellyuloza-qog’oz ishlab chiqarish kimyoviy texnologiyasi)
11 60710100 Kimyoviy texnologiya (chinni-fayans)
12 60710100 Kimyoviy texnologiya (silikat materiallar)
13 60710100 Kimyoviy texnologiya (qurilish materiallar)
14 60710100 Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar)
15 60711300 Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (kimyo va oziq-ovqat)
16 60711400 Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish ((kimyo va oziq-ovqat sanoati)
17 60720100 Oziq-ovqat texnologiyasi (oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi)
18 60720100 Oziq-ovqat texnologiyasi (oziq-ovqat xavfsizligi)
19 60720300 Vinochilik texnologiyasi, bijg‘ish mahsulotlari va alkogolsiz ichimliklar texnologiyasi
20 60720300 Texnologik mashinalar va jihozlar (maishiy texnika)
21 60720700 Texnologik mashinalar va jihozlar (kimyo sanoati)
22 60710100 Texnologik mashinalar va jihozlar (mebel va yog’ochsozlik sanoati)
23 60720700 Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar)
24 60720900 Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi
25 60721000 Gazni chuqur qayta ishlash texnologiyasi
26 60721100 Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi

Magistratura yoʻnalishlari tahrir

# Shifri Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 70112401 Professional ta’lim nazariyasi va metodikasi (kimyoviy texnologiya)
2 70411201 Menejment (kimyo va oziq-ovqat sanoati)
3 70411202 Loyiha boshqaruvi
4 70710101 Kimyoviy texnologiya (nodir va kamyob metallar)
5 70710101 Kimyoviy texnologiya (mineral o’g’itlar texnologiyasi)
6 70710101 Kimyoviy texnologiya (organik moddalar)
7 70710101 Kimyoviy texnologiya (silikat va qiyin suyuqlanuvchan nometall materiallar)
8 70710101 Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar texnologiyasi)
9 70610301 Katalizatorlar va adsorbentlar texnologiyasi
10 70710102 Katalizatorlar va adsorbentlar texnologiyasi
11 70710103 Yuqori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasi (rezina-texnika buyumlari)
12 70710103 Yuqori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasi (polimerlar)
13 70710105 Kimyoviy texnologiya jarayonlari va apparatlari (noorganik va organic moddalar ishlab chiqarish)
14 70710201 Biotexnologiya (oziq-ovqat, oziqa, kimyoviy mahsulotlar va qishloq xo’jaligi uchun biopreparatlar)
15 70710401 Atrof-muhit muhofazasi (kimyo va oziq-ovqat sanoati)
16 70711301 Mahsulotlar xavfsizligi va ularning sertifikatsiyasi (kimyo va oziq-ovqat)
17 70610701 Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (kimyo va oziq-ovqat sanoati)
18 70720101 Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (don mahsulotlari)
19 70720101 Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (vino va spirt)
20 70720101 Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (solod, pivo va alkogolsiz ichimliklar)
21 70720101 Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (yog’-moy mahsulotlari)
22 70720101 Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (konservalangan oziq-ovqat, go’sht, sut va baliq mahsulotlari)
23 70720102 Oziq-ovqat xavfsizligi
24 70720601 Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi (organik moddalar, kimyo va neft-gaz sanoati)
25 70720704 Kimyoviy sanoat va qurilish materiallari korxonalarining mashinalari hamda apparatlari
26 70720705 Sellyuloza-qog‘oz ishlab chiqarish texnologiyasi va jarayonlari
27 70720706 Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi va yog‘ochshunoslik
28 70720901 Kimyoviy va neft-gazkimyoviy texnologiyalar
29 70721102 Neft va gazni qayta ishlash va kimyoviy texnologiyasi
30 70721103 Neft va gazni qayta ishlash jarayonlari va apparatlari

Kechki ta'lim yoʻnalishlari tahrir

# Shifri Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 60720100 Oziq-ovqat texnologiyasi (oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi)
2 60720100 Oziq-ovqat texnologiyasi (oziq-ovqat xavfsizligi)
3 60720700 Texnologik mashinalar va jihozlar (kimyo sanoati)
4 60720700 Texnologik mashinalar va jihozlar (maishiy texnika)

Ilmiy tadqiqot tahrir

Institutda tahsil olgan mutaxassislar respublikamizning xamda ayrim MDH davlatlarining ko‘plab davlat tashkilotlarida va ishlab chiqarishning barcha tarmoqlarida masʼuliyatli lavozimlarda samarali faoliyat ko‘rsatib kelyaptilar.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti bir qator xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan aloqa o‘rnatgan. Jumladan, AQSH ning Missisipi universiteti, Italiyaning Materiallar strukturasi instituti, Ispaniyaning Kantabria universiteti, Bolgariyaning Sofiya kimyo-texnologiya va metallurgiya universiteti, Finlyandiyaning Xelsinki universiteti, Latviyaning Latviya universiteti, Turiba universiteti, Chexiya Respublikasining Chexiya tabiiy fanlar universiteti, Ruminiyaning Vest Timisoara Universiteti, Alba Yuliya Universiteti, Daniyaning Kopengagen Universiteti, Janubiy Koreyaning, Kumox milliy texnologiya universiteti, Konkuk universiteti, Ulsan universiteti, Xitoy Xalq Respublikasining, Lanjou texnologiya universiteti, Shandun Fanlar akademiyasi Biologiya instituti, Shandun Fanlar akademiyasi Avtomatlashtirish instituti, Belorus davlat texnologiya universiteti, D.I.Mendeleyev nomli Rossiya kimyo-texnologiya universiteti, Rossiya neft va gaz universiteti, Sankt-Peterburg Davlat texnologiya instituti, Qozon milliy tadqiqot texnologik universiteti, Moskva Texnologik Universiteti, Ivanovo Davlat kimyo-texnologiya universiteti, Qozog‘istonning M.Auyezov nomli Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti, K.Jubanov nomli Aktyubinsk regional davlat universiteti va boshqalar. 2019-2020 o‘quv yilining o‘zidan 15 dan ortiq horijiy professor-o‘qituvchilar institutga tashrif buyurishib, mutahassislik fanlaridan talabalarimizga mashg‘ulotlar, professor-o‘qituvchilarga seminarlar o‘tishdi.

Belorusiya davlat texnologiya universiteti, Mogilyov oziq-ovqat universiteti bilan hamkorlikda qo‘sh diplomli dastur asosida bakalarviatura taʼlim yo‘nalishi va magistratura mutahassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.

“Oziq-ovqat sanoati mashina va jihozlari” bakalavriat taʼlim yo‘nalishining 20 nafar 3 kurs talabalari ishlab chiqarish amaliyotini Belorusiya davlat texnologiya universiteti bazasida o‘tashdi.

Institutning ilmiy salohiyati bugungi kunda 50% dan ortiq. Institutda 46 nafar professorlar, 145 nafar dotsentlar faoliyat yuritadi.

Institutda kafedralar va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarida bajarilgan katta xajmdagi izlanishlar natijalariga ko‘ra 50 dan ortiq fan doktorlari va 150 nafardan ortiq fan nomzodlari tayyorlandi.

Ustozlarning bilim va malakasini oshirish uchun qanday tadbirlar yo‘lga qo‘yildi?

Bugungi kunda “El-yurt umidi” fondi grantlarida faol ishtirok etishlari uchun barcha kafedralarda yosh olimlar, professor-o‘qituvchilarga shart-sharoitlar yaratib berilgan bo‘lib, 20 dan ortiq professor-o‘qituvchilar ushbu grantlar sohibi bo‘lishdi. 2022 yilda 20 nafar professor-o‘qituvchi horijda malaka oshirgan bo‘lsa, 120 nafari respublikamizdagi malaka oshirish va qayta tayyorlash tarmoq markazlarida, “Bosh ilmiy-metodik markaz” da malakalarini oshirishdi.

Mavjud laboratoriyalarni jihozlashda qanday omillarga amal qilinayapti? Talabalarimizga zamonaviy bilim berishda umumkasbiy va mutahassislik kafedralariga horijdan zamonaviy o‘quv laboratoriyalari jihozlari horijdan keltirilishi rejalashtirilgan. Laboratoriyalarni jihozlashda fanni o‘zlashtirish darajasiga qo‘yilgan talablardan kelib chiqqan holda Yaponiya, Rossiya, Germaniya, Italiyaning mashhur kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan laboratoriya qurilmalariga buyurtmalar qilingan.

Bugungi kunda olimlarimiz quyidagi ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida yangilik va ixtirolar ustida ish olib bormoqdalar:

– qurilish materiallari

– chinni va sanitar fayansi

– shisha va sitallar

– tibbiy materialshunoslik

– issiqlikni ximoyalovchi materiallar

– kamyob, nodir metallar texnologiyalari

– kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalarning ekologik muammolarini yechimlari

– mineral o‘g‘itlar

– noorganik birikmalar

– yangi organik birikmalarni sintezi

– yangi polimer materiallari

– neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi

– katalizatorlar ishlab chiyaarish

– selyuloza asosidagi materiallar

– o‘simlik va boshqa yog‘lar ishlab chiqarish

– alkogol va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish

– go‘sht va sut maxsulotlari ishlab chiqarish

– don maxsulotlari texnologiyasi

– oziq-ovqat maxsulotlarini xavfsizligi

– tovarlar kimyosi

– biotexnologiya maxsulotlari va boshqalar.

Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi kafedrasidan t.f.d., prof. Atakuziyev T.A., t.f.d.,prof. Erkayev A.U., t.f.d., prof. Mirzakulov X.Ch., Silikat materiallar, kamyob va nodir metallar kimyoviy texnologiyasi kafedrasidan Aripova M.X., t.f.d., prof. Babaxanova Z.A., t.f.n., dos. Muxamedbayeva Z.A., Sanoat ekologiyasi kafedrasidan t.f.d., prof. Nazirova R.A., k.f.d., prof. Pulatov X.L., PhD, dos. Yuldashev A.A., Texnologoik mashina va jihozlar kafedrasidan t.f.d., prof. Nurmuxamedov X.S., Asosiy organik sintez texnologiyasi kafedrasidan t.f.d., prof. Kodirov X.E., k.f.d., prof. Maksumova A.S., t.f.d., prof. Ikramov A., Yuqori molekulali birikmalar va plastmassalar texnologiyasi kafedrasidan t.f.d., prof. Adilov R.I., t.f.d.Alimuxamedov M.G., t.f.d. Jo‘rayev A.B., Sellyuloza va yog‘ochsozlik texnologiyasi kafedrasidan k.f.d., prpof. Raxmonberdiyev G.R., t.f.d., prof. Primqulov M.T., Neft va gazni qayta ishlash texnologiya kafedrasidan k.f.d., prof. Maxsumov A.G., t.f.d., dos. Aripdjanov O.Yu., Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi kafedrasidan t.f.d., prof. Ilxomjonov P.I., t.f.n., prof. Ro‘zibayev A.T., Go‘sht-sut va konservalangan mahsulotlar texnologiyasi kafedrasidan t.f.d., Dodayev Q.O., t.f.d., prof. Raximjonov M.A., Biotexnologiya kafedrasidan k.f.d., prof. Toshmuxamedov M.S., t.f.d., prof. Xo‘jamshukurov N.A., Mahsulot havfsizligi va sifat menejmenti kafedrasidan k.f.d., prof.Xamroqulov G‘.X., Ismatullayev P.R., k.f.d., prof. Raximov D.A., t.f.d., prof. Xakimov O.Sh. va boshqa professorlar o‘zlarining ilmiy yo‘nalishlari sohalari bo‘yicha ixtirolarga patentlar sohiblari hisoblanadi.

Xozirgi kunda institut Respublikamiz oliy taʼlim tizimida malakali kadrlar tayyorlab beruvchi yirik tayanch oliy o‘quv yurtlaridan biri bo‘lib xisoblanadi. O‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, maʼnaviy-maʼrifiy, taʼlim-tarbiya va boshqa ishlarda erishgan yutuqlari tufayli respublika OTM lari ichida 51 o‘rinni egallab turibdi. Kelajakda ushbu reytingda yana yuqori pog‘onalarni egallash asosiy maqsadimiz hisobanadi. Buning uchun yangi o‘quv yilida 20 nafar xorijiy professor-o‘qituvchi jalb etiladi, 22 nafar kafedra mudiri horijiy stajirovkaga yuboriladi, 6 ta xorijiy OTMlari bilan hamkorlik o‘rnatiladi. Hodimlar va professor-o‘qituvchilar tarkibini tanlash va tayinlash samaradorligini baholashning reyting tizimi joriy etiladi. Horijiy hamkor universitetlar bilan mutaxassislik fanlari bo‘yicha onlayn mashg‘ulot (vebinar)lar tashkil etiladi, Belorussiya davlat texnologiya universiteti bilan xamkorlikda qo‘shma taʼlim dasturlari asosida mutahassislar tayyorlanadi. Ish beruvchilar ishtirokida 3 ta laboratoriyalar tashkil etiladi. Ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etayotgan talabalar ko‘lami 15% ga oshiriladi. 31 ta o‘quv auditoriyalarida zamonaviy prorektor va ovoz yozish kameralari bilan jihozlanadi. Ilmiy salohiyat 50 foizdan 55 foizga oshiriladi, 5 ta DSc va 25 PhD dissertatsiyalari himoya qilinadi, tijoratlashtirish hisobidan 1.5 mlrd. so‘m mablag‘ tushiriladi, xorijiy jurnallarda 60 ta maqola chop etiladi. 2020 yildan boshlab ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini tijoratlashtirishni har yili 20% ga oshib borishi taʼminlanadi, 6 ta xalqaro va 7 ta respublika ilmiy-texnikaviy konferensiya tashkil etiladi. O‘quv yili davomida institutda halqaro loyihalar va investitsiyalar hajmi oshiriladi. El-yurt umidi fondi tomonidan ajratiladigan grantlar asosida professor-o‘qituvchilarning xorijda malaka oshirishi taʼminlanadi. Belorussiya davlat texnologiya universiteti, Mogilyov oziq-ovqat universifteti, Rossiya kimyo-texnologiya universiteti, Janubiy Koreya Ulsan universitetida talabalar, tadqiqotchilar va professor-o‘qituvchilarning almashinuv dasturlaridagi ishtiroki 2 barobar ko‘paytiriladi, Webometrics va QS xalqaro reytinglarida institutning munosib o‘rnini taʼminlashga erishiladi.


Manbalar tahrir

  1. „Система высшего образования Узбекистана: доступность, эффективность, инновации“ (ruscha). Агентство международной информации Trend (20-avgust 2016-yil). Qaraldi: 8-dekabr 2018-yil.
  2. „Указ Президента Узбекской Советской Социалистической Республики от 06.05.1991 г. № УП-203“. Информационно-правовой портал Norma.uz. Qaraldi: 8-dekabr 2018-yil.
  3. „Постановление Кабинета Министров при Президенте Узбекской ССР от 13.05.1991 г. № 130 «Об организации Ташкентского государственного технического университета, Ташкентского химико-технологического и Ташкентского архитектурно-строительного институтов»“. Информационно-правовой портал Norma.uz. Qaraldi: 8-dekabr 2018-yil.
  4. 2023-2024 yildagi institut haqida bukletni ko'rish.