Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti

universitet Toshkentda

Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti — temir yoʻl transporti va unga tegishli asosiy xizmatlar uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti.

Toshkent davlat transport universiteti
Xalqaro nomi Tashkent Institute of Railway Transport Engineers
Asos solingan 1931
Oʻquv yurti turi Institut
Rektori Rasulov Ma'rufjon Xalikovich
Fakultetlar 5 ta
Bakalavriat 4 yil
Magistratura 2 yil
Kampusi Toshkent shahri
Manzili 100000, 1-uy, Adilxodjaev koʻchasi, Toshkent shahri, Oʻzbekiston
Vebsayti www.tashiit.uz

Koordinatalari: 41°16′35.040000000009″N 69°16′55.920000000011″E / 41.27640000000000242°N 69.28220000000000312°E / 41.27640000000000242; 69.28220000000000312 G O

Tarixi tahrir

Oʻrta Osiyo temir yoʻl transporti muhandislari instituti sifatida 1931-yilda tashkil etilgan, 1937-yildan hozirgi nom bilan ataladi. Institut tarkibida 5 ft: tashish ishlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi, iqtisodiyot, elektromexanika, temir yoʻl qurilishi va sirtqi ftlar, magistratura markazi bor. Institut qoshida litsey faoliyat koʻrsatadi. Institutda 17 yoʻnalish boʻyicha bakalavrlar tayyorlanadi. Institut qoshidagi aspiranturada 5 ta mutaxassislik boʻyicha ilmiy xodimlar tayyorlanadi. Kafedralarning ilmiy tadqiqotlar ishlarida, loyihakonstruktorlik byurolari, transport va qurilish korxonalari ishlarida talabalar faol qatnashadi. Institutda 27 kafedra, 60 laboratoriya, tayyorlov boʻlimi, kutubxona (600 mingdan ziyod asar) bor. 2002/03 oʻquv yili institutda 4300 dan ortiq talaba oʻqidi. Institut tashkil qilinganidan beri 50 mingdan ortiq yuqori malakali mutaxassis yetkazib berildi. Institut qoshida talabalar uylari, madaniyat saroyi, poliklinika va profilaktoriy, sport inshootlari, bolalar bogʻchasi bor. Institut Rossiya Federatsiyasi, Polsha, Litva, Ukraina kabi mamlakatlar bilan hamkorlik qiladi. Institut faoliyati A. Glushchenko, A. Lavrik, E. A. Odilxoʻjayev, A. Gofman va boshqa olimlar nomi bilan bogʻliq. 1937-yildan hozirgi nom bilan ataladi.

2020-yil 20-may — Toshkent transport muhandislari instituti, Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish instituti, Toshkent davlat texnika universitetining Aerokosmik texnologiyalar fakulteti negizida Toshkent davlat transport universiteti tashkil etildi.

Fakultetlar tahrir

  1. Qurilish fakulteti
  2. Tashishni tashkil etish va trasnport logistikasi
  3. Elektromexanika fakulteti
  4. Iqtisodiyot fakulteti
  5. Malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash markazi

Kafedralar tahrir

  1. Vagonlar va vagon xoʻjaligi[1]
  2. Fizika
  3. Temir yoʻllar elektr taʼminoti
  4. Elektr transporti va yuqori tezlikdagi elektr harakat tarkibi
  5. Lokomotivlar va lokomotiv xoʻjaligi
  6. Temir yoʻldan foydalanish ishlarini boshqarish
  7. Transport logistikasi va servis
  8. Temir yoʻl transportida avtomatika va telemexanika
  9. Elektr aloqa va radio
  10. Hayot faoliyati xavfsizligi
  11. Jismoniy tarbiya
  12. Informatika va kompyuter grafikasi
  13. Quriilish mexanikasi
  14. Bino va sanoat inshootlari qurilishi
  15. Oliy matematika
  16. Temir yoʻl qurilishi, yoʻl va yoʻl xoʻjaligi
  17. Koʻpriklar va tonnellar
  18. Muhandislik kommunikatsiya va tizimlari
  19. Iqtisodiyot va menejment
  20. Buxgalteriya hisobi va audit
  21. Ijtimoiy-gumanitar fanlar
  22. Tillar
  23. Temir yoʻl transportida axborot tizimlari

Yoʻnalishlar tahrir

# Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi Test sinovlari oʻtkaziladigan fanlar nomi Ball
1 5111014 Kasb taʼlimi: yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi Matematika
Fizika
Chet tili
3.1
2.1
1.1
2 5620100 Tashishni tashkil etish va transport logistikasi (transport turlari boʻyicha) Matematika
Chet tili
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
3 5610600 Xizmat koʻrsatish texnikasi va texnologiyasi (xizmat koʻrsatish tarmoqlari boʻyicha) Matematika
Fizika
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
4 5340600 Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi (transport inshootlari turlari boʻyicha)[2][3][4] Matematika
Fizika
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
5 5340400 Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (turlari boʻyicha) Matematika
Fizika
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
6 5340200 Bino va inshootlar qurilishi (turlari boʻyicha) Matematika
Fizika
Chet tili
3.1
2.1
1.1
7 5330200 Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) Matematika
Fizika
Chet tili
3.1
2.1
1.1
8 5311000 Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar boʻyicha) Matematika
Fizika
Chet tili
3.1
2.1
1.1
9 5310700 Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (tarmoqlar boʻyicha) Matematika
Fizika
Chet tili
3.1
2.1
1.1
10 5310600 Yerusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (transport turlari boʻyicha) Matematika
Fizika
Chet tili
3.1
2.1
1.1
11 5310200 Elektr energetikasi (tarmoqlar va yoʻnalishlar boʻyicha) Matematika
Fizika
Chet tili
3.1
2.1
1.1
12 5230900 Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar boʻyicha) Matematika
Fizika
Chet tili
3.1
2.1
1.1
13 5230200 Menejment (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) Matematika
Chet tili
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
14 5230100 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) Matematika
Chet tili
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1

Mashhur bitiruvchilari tahrir

Manbalar tahrir

  1. Kafedralar, 2019-09-02da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2019-09-02
  2. Rasmiy vebsayti, 2021-01-26da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-10-11
  3. Norasmiy vebsayti
  4. Oʻzbekiston temir yoʻllari kompaniyasi rasmiy sayti, 2021-02-28da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-06-25