Toshmuhammad Sarimsoqov

sovet va oʻzbek matematigi

Toshmuhammad Aliyevich Sarimsoqov (1915-yil 10-sentyabr Andijon viloyati Shahrixonda tugʻilgan — 1995-yil 17-dekabr Toshkentda vafot etgan) — matematik olim va jamoat arbobi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1943), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1960), Mehnat Qahramoni (1990). Fizika-matematika fanlari doktori (1942), professor (1942)[1].

Toshmuhammad Aliyevich Sarimsoqov
Тошмуҳаммад Алиевич Саримсоқов
Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Prezidenti
Mansab davri
1946-yil – 1952-yilgacha
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 10-sentyabr 1915-yil
Andijon
Vafoti 17-dekabr 1995-yil(1995-12-17)
(80 yoshda)
Mukofotlari


«Mehnatda jasorat ko’rsatgani uchun (Harbiy jasorati uchun) yubiley medali. Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan»


Yoshligi va taʼlimi tahrir

Sarimsoqov 1915-yilda Shahrixonda o‘zbek oilasida tug‘ilgan, 1931-yilda Qo‘qon shahridagi rus o‘rta maktabini tamomlagan; so‘ng O‘rta Osiyo Davlat universitetiga o‘qishga kirdi. U yerda u Vsevolod Romanovskiyning birinchi shogirdlaridan biri edi. 1936-yilda universitetning fizika-matematika fakultetini tamomlagach, universitetda qolib, u yerda aspiranturada tahsil oldi. Shu bilan birga assistent va dotsent lavozimlarida ham ishlagan. Qizil Armiya safida qisqa muddatli xizmatni o‘tab, 1942-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish uchun universitetga qaytib keldi. Oʻsha yili u fan doktori ilmiy darajasini oldi[2][3][4].

1944-yilda Kommunistik partiyaga aʼzo bo‘lib, SSSR Oliy Kengashining uchinchi chaqiriq deputati bo‘lib ishlagan[5][6].

Faoliyati tahrir

1943-yilda u oʻz universitetining rektori boʻldi va bu lavozimda 1944-yil iyungacha ishladi. 1943-yilda O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi tashkil etilganda uning vitse-prezidenti bo‘ldi. 1947-yilda u uning prezidenti boʻldi va 1952-yilgacha bu lavozimni egalladi. Keyin yana O‘rta Osiyo davlat universiteti rektori lavozimiga qaytdi va 1958-yilgacha shu yerda ishladi. 1959—1971-yillarda O‘zbekiston SSR oliy taʼlim vaziri bo‘lib ishlagan, 1960-yilda Toshkent Davlat universitetiga rektori lavozimiga qaytgan. 1983-yilda yana O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasiga ishga qaytdi, 1988-yilda esa O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi Prezidiumining maslahatchisi bo‘ldi. Uning asosiy oʻrganish yoʻnalishlari ehtimollik, statistika va funksional tahlil edi. Faoliyati davomida u 170 dan ortiq ilmiy maqolalar yozgan. Uning bir jinsli boʻlmagan Markov zanjirlari nazariyasi boʻyicha ishi zamonaviy akademik maqolalarda keltirilgan[7]. Mehnatlari uchun 1990-yil 3-aprelda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni berilgan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti maslahatchisi boʻlib ishlagan. 1995-yil 18-dekabrda Toshkentda vafot etgan[8][9][10].

Mukofotlari tahrir

Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1990-yil 3-aprel)

Toʻrtta Lenin ordeni (1946-yil 23-yanvar, 1950-yil 16-yanvar, 1961-yil 15-sentyabr, 1990-yil 3-aprel)

Uchta Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1944-yil 4-noyabr, 1957-yil 11-yanvar, 1971-yil 9-sentyabr)

"Shon-sharaf belgisi" ordeni (1965-yil 1-mart)

Oktyabr inqilobi ordeni (1975-yil 3-oktyabr)

"Mehnatdagi jasorat uchun" medali (1951-yil 6-noyabr)

"Buyuk xizmatlari uchun" ordeni (2002)[11]

Stalin mukofoti (1948)

Beruniy nomidagi Davlat mukofoti (1967)

Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1960)[12].

Manbalar tahrir

  1. Osnovi teorii protsessov Markova, M., 1954; Topologicheskiye algebri Bulya, T., 1963 (v soavtorstve); Haqiqiy oʻzgaruvchining funksiyalari nazariyasi, T., 1968; Topologicheskiye polupolya i teoriya veroyatnostey, T., 1969.
  2. Аюпов, Ш. А., ed. "Математическая жизнь - Ташмухамед Алиевич Сарымсаков [Mathematical life - Toshmuhamad Aliyevich Sarimsoqov]" (ru) (PDF). Узбекский Математический Журнал (Ташкент: Издательство «Фан» Академии Наук Республики Узбекистан) 2005 (3): 3–10. ISSN 2010-7269. https://drive.google.com/file/d/1sm5zVMZKyAWEtCnNdouhQVsGuzk1Lxzx/view. 
  3. Боголюбов, А. Н.. Всеволод Иванович Романовский, 1879–1954, Научно-биографическая серия (ru). Москва: Наука, 1997. ISBN 978-5-02003-644-4. 
  4. Kostyrya, Vyacheslav (1977). "Могучая крона знаний [Mighty Crown of Knowledge]" (ru). Ogonyok (26): 16–17. https://books.google.com/books?id=_547AQAAIAAJ. 
  5. Академия Наук Узбекской ССР (ru). Издательство «Фан» Узбекской ССР, 1983. 
  6. Каримов. „Сарымсаков Ташмухамед Алиевич“ (ru). Международный патриотический интернет-проект «Герои страны». Qaraldi: 2022-yil 13-noyabr.
  7. Iosifescu, Marius. Finite Markov Processes and Their Applications (en). Mineola, New York: Dover Publications [Originally published 1980], 2007 — 286 bet. ISBN 978-0-48645-869-4. 
  8. Аюпов, Ш. А., ed. "Математическая жизнь - Ташмухамед Алиевич Сарымсаков [Mathematical life - Toshmuhamad Aliyevich Sarimsoqov]" (ru) (PDF). Узбекский Математический Журнал (Ташкент: Издательство «Фан» Академии Наук Республики Узбекистан) 2005 (3): 3–10. ISSN 2010-7269. https://drive.google.com/file/d/1sm5zVMZKyAWEtCnNdouhQVsGuzk1Lxzx/view. 
  9. Салахитдинов, М. С.. Академии наук Республики Узбекистан – 50 лет (ru). Фан, 1993. 
  10. Ўзбекистон миллий энциклопедияси (PDF) (uz), Tashkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2004. 2023-yil 9-fevralda qaraldi. 
  11. Указ Президента Республики Узбекистан от 23 avgust 2002 года № УП-3117 «О награждении посмертно деятелей науки и искусства, внесших огромный вклад в развитие науки и культуры Узбекистана
  12. Каримов. „Сарымсаков Ташмухамед Алиевич“ (ru). Международный патриотический интернет-проект «Герои страны». Qaraldi: 2022-yil 13-noyabr.

Havolalar tahrir