Trankvilizatorlar  - ataraktik-ruhiyatni tinchlantiruvchi, xotirjamlik keltiruvchi moddalar hisoblanadi. U markaziy asab tizimiga - ruhiyatga o'ziga xos tinchlantiruvchi anksiolitik ta'sir ko'rsatadi. Moddalarning psixozga ta'siri juda kam bo‘lib, kimyoviy tuzilishi jihatdan u benzodiazepin unumlaridan iborat. Moddalarning anksiolitik ta'siri limbik sistema bilan bog'liq, shu yerda o'ziga xos bo'lgan benzodiazepin retseptorlarni bog'lab, ularni qo'zg'atadi. Benzodiazepin retseptorlari esa GAMK retseptorlarining modulyatori hisoblanadi, shu tufayli benzodiazepin retseptorlarining qo'zg'alishi GAMK ergik to'qimalarni faolligini oshiradi, GAMK mimetik ta'sir ko'rsatadi. Trankvilizatorlar markaziy nerv sistemasining qo'zg'atuvchi hamda harakatlantiruvchi faoliyatini kamaytiradi. Anksiolitik sedativ ta'sir tufayli bu moddalar uyquga ketishni osonlashtiradi. Shuning uchun bu moddalar bolalar va kattalarda uyqu dori sifatida psixonevroz holatlarida, xirurgiyada premedikatsiya sifatida qo'llanadi.

Benzodiazepin qatorlari tahrir

Benzodiazepinlar bir -biridan faolligi , ta'sir muddati , zaharliligi va zarari bilan farq qiladi. Ta'sir muddati bo'yicha qatorlash.

Xlordiazepoksid tahrir

Qo'llanilishi tahrir

Alkogolizm ,narkomaniya abstensiyasi sindromini davolash uchun qo'llanadi. Xlordiazepoksida og'riq qoldiruvchi modda bo'lib , xirurgiyada jarrohlikdan keyin bo'ladigan og'riqlarda qo'llanadi. Jigar buyrak og'ir miasteniya kasalliklarida xlordiazepoksid man qilinadi.

Seduksen tahrir

Anksiolitik mushsklarni bo'shashtirishi jihatdan xlordiazepoksiddan ustunroq , benzodiazepinlar ichida yog'da yaxshi erigani uchun miya to'qimalarida aniqlanadi.Moddaga psixik tobelik paydo bo'lishi mumkin. Davolash har 2 oydan oshmasligi zarur , takroriy davolashni 3 haftadan keyin boshlash lozim.Psixomotor qo'zg'lishlarda,kuchli qo'rquvda mushaklar orasiga ,venalarga yuboriladi. Fenazepam yuqori darajada anksiolitik ta'sirga ega. S.S.Azimova