Transheya ( inglizcha: trench — ariq) — tuproqda, odatda, trapetsiyasimon kesim boʻyicha va kerakli uzunlikda (oʻn metrdan ming kilometrgacha, gaz-neft quvurlari oʻtkazishda) qazilgan ochiq chuqurlik.

Shahar gazquvurini taʼmirlash chogʻidagi transheya

Qadim va oʻrta asrlarda transheya (xandaq) — shahar, qalʼa, qoʻrgʻon va mudofaa istehkomlarini dushman hujumidan ehtiyot qilish maqsadida ularning tashqi devori yonidan gir aylanasiga qazilgan oʻra, chuqurlik[1].

Harbiy ish tahrir

Transheyalar koʻpchilik davlatlarda harbiy ishda azaldan qoʻllanilib kelingan, nomi esa fransuz tilidan kirib kelgan. Oʻzbek tilida boshqa nomlarga ega boʻlgan — oʻr, chuqur, xandaq, zovur.

Boshqalar tahrir

Transheyalar maxsus texnikalar yordamida (har xil turdagi ekskavator va boshqa texnikalar), shuningdek mumkin boʻlgan joyda qoʻlda ham qaziladi. Transheyalar quvurlar (suv va gaz, kuchli tok kabellari va aloqa kabellari) oʻtkazishda kovlanadi.

Yana q. tahrir

Manbalar tahrir

  1. "Xandaq" OʻzME. X-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil