TunisTunis poytaxti. Mamlakatning muhim iqtisodiy va madaniy markazi. Tunis viloyatining maʼmuriy markazi. Oʻrta dengizning Tunis buxtasi gʻarbiy sohilida joylashgan. Iqlimi subtropik dengiz iqlimi, oʻrtacha oylik tralari yanvarda 10,2°, iyulda 25,6°. Yillik yogʻin 450 mm chamasida. Aholisi 702,3 ming kishi (1998). Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Yirik port, chetga temir rudasi, fosforit, vino, mevasabzavotlar chikariladi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, metallsozlik, kimyo, sement, oynashisha, poligrafiya, rangli metallurgiya sanoati korxonalari mavjud. Tunis universiteti, Milliy konservatoriya, ilmiy tadqiqot muassasalari, institutlar, kutubxona, teatr, Bardo muzeyi, Islom sanʼati muzeyi va boshqa bor.

Tunis
36°48′3″N 10°10′48″E / 36.80083°N 10.18000°E / 36.80083; 10.18000 G OKoordinatalari: 36°48′3″N 10°10′48″E / 36.80083°N 10.18000°E / 36.80083; 10.18000 G O
[[File:|290px|Tunis xaritada]]

Tunis Karfagen shahrining yoʻldosh shahri sifatida mil. av. bunyod etilgan. 7-asr oxiri — 8-asr boshlarida Karfagenni arablar egallaganidan soʻng, Tunis Shimoliy Afrikaning yirik iqtisodiy va madaniy markazi sifatida rivojlandi. 13—16-asrlarda Xafsidlarning sharqiy magʻrib davlati poytaxti. 1535-yilda ispan qoʻshinlari tomonidan egallanib, xonavayron kilingan. 1574y.dan Usmonli turk saltanati tarkibida. 1891—1956-yillarda Fransiya protektorata maʼmuriy markazi. 1956-yil 20 martdan mustaqil Tunis poytaxti. Meʼmoriy yodgorliklardan Katta Masjid (Jome azZaytuna; 8-asr), AlQasr masjidi (12-asr), 17—19-asrlarda qurilgan saroylar, Tunis shahridan 12 km shimoli-sharqyaa, dengiz sohilida Karfagen shahrining xarobalari saqlangan.