Tur (Avestoda Thura) — qad. eroniylarning peshdodiylar sulolasidan boʻlgan shohi Faridun (Traetaona)ning oʻgʻli. Avestoda Oʻrta Osiyoning qad. xalqlari — turlar (turonliklar) qayd etilgan (qarang Turon). Firdavsiyning "Shoxnoma" asariga koʻra,T. turkiy xalqlar bobokaloni, akasi Salm (Silm, Selm) esa somiy xalkdar bobokaloni hisoblangan. Faridun dunyoning taqsimlanishi xaqidagi fors anʼanalariga koʻra, oʻz saltanatini oʻgʻillari T., Salm va Eroj oʻrtasida taqsimlagan. Katta oʻgʻil Salm — boylik, oʻrtanchasi T. — harbiy shonshavkat, kichik oʻgʻli Eroj — qonun va dinni soʻragan. Ularning iltimoslariga kura, podsho otalari Salmga Rum yerlarini, T.ga Turkiston va choʻlu biyobonni, kenja oʻgʻli Erojga esa Eron taxtini va akalari ustidan oliy hokimiyatni topshirgan. "Shogʻnoma"da bu anʼana boshqacha variantda saqlangan. Faridun oʻz oʻgʻillarini sinamoqchi boʻladi va ajdarhoga aylanib ularning yoʻlini toʻsadi. Salm qochib qoladi, T. kurashga bel bogʻlaydi, Eroj esa oʻzining akl zakovati, oliyjanobligi bilan ajdarhoni tinchlantiradi. TUR, ibtidoiy buqa (Bos primigenius) — qirilib ketgan yovvoyi buqa. Bir necha kenja turlari boʻlgan. Boʻyi (yagʻrinidan) 2 m cha, vazni 800 kg gacha. Toʻrtlamchi davrda Sharqiy yarim sharning deyarli hamma joylarida (Avstraliyadan tashqari), Yevropada esa 17-asrgacha (Polshada) yashagan. Asosan, oʻrmondasht zonasida tarqalgan. T. — xonaki qoramollarning ajdodi. Tanlash, duragaylash va boshqa metodlarning qoʻllanishi natijasida dastlabki T.dan har xil qoramol zotlari yaratilgan. Kavkazdagi yovvoyi echkining bir turi ham T. deyiladi.