Turgʻun Aʼzam oʻgʻli Karimov (1916 — Toshkent — 1969.9.11) — xonanda, Oʻzbekiston xalq hofizi (1950). Ashula sanʼati yoʻllarini Yu. Rajabiy va A. Haydarovayan oʻrgangan. Oʻzbekiston radioqoʻmitasi (1935 — 42 va 1947—53), Oʻzbek davlat filarmoniyasi (1942—47) hamda Oʻzbek davlat estradasi (1953— 59)da xonanda. Katta Fargʻona kanali, Farhod GES, Kattaqoʻrgʻon suv ombori qurilishlarida qatnashgan. Repertuaridan oʻzbek mumtoz va xalq ashulalari — "Ushshoq", "Buxoro Irogʻi", "Oh kim, rahm aylamas", "Oromijon", "Ul parivash" hamda zamonaviy bastakorlar asarlari urin olgan: "Raʼnolanmasun", "Qadah" (Yu. Rajabiy), "Bormikin" (J. Sultonov), "Soʻlim" (I. Ikromov), "Qorabayir" (F. Sodiqov), "Istadim" (F. Toshmatov) va b. Shuningdek, A. Xay-darov, O. Imomxoʻjayevlar bilan hamnafaslikda "Fargʻonacha shahnoz", "Hanuz", "Fargʻonacha jonon", "Chaman yalla", "Oʻlmasun" (J. Sultonov) kabi ashulalarni mahorat bilan ijro etgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil