12-noyabr – Xalqaro sifat kuni!

Bu kun Yevropa Sifat Tashkiloti (YEST) tomonidan BMT bilan hamkorlikda 1989-yilda taʼsis etilgan. Oradan olti yil oʻtib YEST tomonidan har yil noyabrning ikkinchi payshanbasidan boshlab xalqaro sifat haftaligini oʻtkazish tavsiya qilingan.

Yevropa sifat haftaligi sifat darajasini oshirish bilan bogʻliq muammolar yechimiga qaratilgan bir qator tadbirlar, aksiyalar, forumlarni oʻz ichiga oladigan xalqaro loyihalardan biri sanaladi. Bugungi kunda bu sana nafaqat Yevropa, balki dunyoning turli hududlarida nishonlanmoqda.

Xalqaro sifat kunini oʻtkazishdan maqsad jahon miqyosida mahsulotlar va xizmatlar sifatini yaxshilash, jamoatchilik eʼtiborini oziq-ovqat xavfsizligi va sifat muammolariga qaratish, isteʼmolchilar huquqlarini har taraflama himoyalashdan iborat.

Bu turkumda hozircha sahifa yoki fayllar yoʻq.