Tursinxon Xudayberganov

Oʻzbek davlat arbobi

Tursinxan Aydarovich Xudaybergenov (qozoqcha: Тұрсынхан Айдарұлы Құдайбергенов, 1951-yil 20-may, Toshkent viloyati) – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi (2001—2006-yillarda va 2016-yildan hozirgi kunga qadar). Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri (2010—2016 va 20182022-yillarda), Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylar masalalari vaziri (2022-yildan 2023-yilgacha), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi (2005—2010-yillarda va 2020-yildan)[2].

Xudaybergenov Tursinxan Aydarovich
qozoqcha: Тұрсынхан Айдарұлы Құдайбергенов
 Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylar masalalari vaziri
 
Mansab davri
2022-yil 1-martdan
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
 Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri
 
Mansab davri
2018-yil 23-apreldan – 2022-yil 1-martgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Rustam Joʻrayev
Vorisi Abdulla Qoʻldoshev
 
 
Mansab davri
2010-yil 23-martdan – 2016-yil 26-dekabrgacha
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Qosimali Ahmedov
Vorisi Rustam Joʻrayev
 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar murojaatlari bilan ishlashni muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat maslahatchisi
 
Mansab davri
2016-yil 26-dekabrdan – 2023-yil 20-avgustgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
Vorisi Doniyor Qodirov
 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralarining faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat maslahatchisi
 
Mansab davri
2001-yildan – 2006-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Umar Ismoilov
Vorisi Ahmadjon Saidaliyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 20-may 1951-yil (1951-05-20) (72 yosh)
Toshkent viloyati Chinoz tumani
Mukofotlari 2-darajali Shon-sharaf ordeni
Xizmat yillari 1974-yildan
Unvoni General-leytenant[1]

Biografiyasi tahrir

Tursinxon Xudayberganov 1951-yil 20-may kuni Toshkent viloyati Chinoz tumanida tugʻilgan. Millati – qozoq.

Taʼlim tahrir

1969—1973-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi, 1980—1982-yillarda SSSR Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tinglovchisi.

Mehnat faoliyati tahrir

1968—1969-yillarda Chinoz tumanidagi 20-oʻrta maktab direktori oʻrinbosari.

1973—1980-yillarda Chirchiq shahar ichki ishlar boʻlimi voyaga yetmaganlar bilan ishlash boʻlinmasi inspektori, boʻlinma boshligʻi.

1982—1987-yillarda Boʻka tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi.

1987—1989-yillarda Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi jamoat tartibini saqlash xizmati boshligʻi.

1989—1991-yillarda Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari.

1991—1997-yillarda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari.

1997—2001-yillarda Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.

2001—2006-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralarining faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat maslahatchisi.

2005—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi.

2006-yil qisqa muddat Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari.

2006—2010-yillarda Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.

2010—2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri.

2016-yil 20-dekabrdan 2023-yil 20-avgustgacha Oʻzbekiston Prezidentining Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalari boʻyicha davlat maslahatchisi boʻlgan.

2018—2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri vazifalarida faoliyat olib borgan.

2020-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi.

2022-yildan 2023-yilgacha – Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylar masalalari vaziri[3].

2023-yil 20-avgustda Prezidentning Orolboʻyi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi etib tayinlandi.

Mukofotlari tahrir

1997-yilda 2-darajali Shon-sharaf ordeni bilan mukofotlangan[4]

2020-yilda Qozogʻistonning 2-darajali „Doʻstiq“ ordeni berilgan[5].

2021-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi faxriy unvoni bilan mukofotlangan[6]

Oilasi tahrir

Oʻgʻli Xudayberganov Artik Tursinxanovich, Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari[7][8].

Manbalar tahrir