Tush (nem. Tushe) — vaqt oʻtishi bilan rangi oʻzgarmaydigan qora boʻyoq. Suv qoʻshib suyultirilsa, kulrang tus oladi. Yogʻoch, oʻsimlik moylari, neft va boshqa qurumidan tayyorlanadi. Boʻyoq hosil qiluvchi toshkoʻmir moddalaridan tayyorlanadigan qizil, yashil, koʻk va boshqa rangli T. ham boʻladi. Sharq mamlakatlarida, ayniqsa, Xitoy, Koreya, Yaponiyada qadimdan foydalanilgan. 15—17-asrlarda Yevropaga tarqalgan. T. chizmachilikda, grafika asarlarini boʻyashda, xat yozishda ishlatiladi.