TuxGuitar (talaffuzi: TaksGitar) — erkin va ochiq manbali tabulatura tahrirlovchi. Dastur yordamida tabulatura va partituralarni tahrir qilish hamda Guitar Pro (gp3, gp4 va gp5) fayllarni import va eksport qilish mumkin.[2] Bundan tashqari, TuxGuitardan sodda MIDI tahrirlovchi sifatida ham foydalanish mumkin.

TuxGuitar

TuxGuitar 1.3.1 dasturining skrinshoti
MuallifJulian Gabriel Casadesus va boshqalar[1]
Eng so‘nggi versiyasi1.4 / 11-fevral 2017-yil
Operatsion sistemaMicrosoft Windows, Mac OS X, Linux, FreeBSD
Til(lar)Java
JanrNota tahrirlovchi
LitsenziyaGNU Lesser General Public License (erkin)
Vebsayt:tuxguitar.pw

Dasturning 1.0 va undan keyingi relizlari MIDI fayllarni import va eksport qila oladi. TuxGuitarning tumori (inglizcha: mascot) Tux (talaffuzi: Taks) dir. Bu pingvincha boshida Linux uchun tayyorlangan bir qancha oʻyin va dasturning ham tumoridir.

TuxGuitar Java dasturlash tilida yoziladi[3] va GNU Lesser General Public License litsenziyasining 2.1 versiyasi boʻyicha chiqariladi. TuxGuitar 1.2 2009-yil chiqarilgan.[4] Dasturning manba kodi 2015-yilgacha muntazam ravishda yangilanib kelgan boʻlsada, navbatdagi versiya (1.3.0 versiyasi)2016-yilning yanvarigacha chiqarilmadi.[5]

Koʻrinishlari tahrir

TuxGuitarda uchta koʻrinish (inglizcha: skin) mavjud. Bu koʻrinishlar quyida berilgan:

Nomi Muallifi Birinchi chiqishi Tavsifi
  Lavender Sascha v0.1 Sodda, lavanda rangidagi tema
Blue serious Licnep v0.1 Moviy rangli jiddiyroq tema
  Ersplus Ersplus v0.9 Asosiy tema

TuxGuitarda yana alohida tayyorlangan koʻrinishlarni ham ishlatish mumkin. 1.0 versiyaning sukut boʻyicha tanlangan koʻrinishi Lavenderdir.

Ishlaydigan effektlar tahrir

Nota effektlari
Arvoh notalar Ishlaydi
Urgʻu berilgan notalar Faqat ogʻir yoki oddiy
Garmonika Faqat tabiiy, sunʼiy, urilgan (inglizcha: tapped), tortilgan (inglizcha: pinched) yoki yarim garmonik
Dinamika Nota partiturasida koʻrsatilmaydi
Forshlaglar Butun notaning 1/64 qismidan 1/16 qismigacha boʻlgan vaqtga cheklangan
Tremolo Butun notaning kami bilan 1/32, koʻpi bilan 1/8 qismigacha boʻlgan vaqtga cheklangan
Qoʻshib ketish (inglizcha: slurs) Ishlamaydi
Hammer-on va pull-offlar Qisman ishlaydi. (Dastur ularni farqlamaydi.)
Portamento (inglizcha: slides) Qisman ishlaydi
Qator (dorojka) effektlari
Bir necha qator Ishlaydi; koʻrish uchun View > Multitrack tugmalarini bosish kerak
Bir necha ovoz Ishlaydi, ammo bir qatorda koʻpi bilan ikkita ovoz boʻlishi mumkin
Qaytarishlar Ishlaydi, ammo faqat ochiq yoki yopiq taktlarni qaytarishga cheklangan
Alternativ yakunlar Ishlaydi, ammo MIDI faqat ilk ikki alternativ yakunlarni oʻqiydi. Ikkinchi yakun yopiq takrorlanishdan keyin keladigan taktdan yuqori boʻlishi kerak. Aks holda ikkinchi yakun birinchi alternativ yakun va takrorlash bilan bogʻlanmaydi.
Qatordagi torlarning sonini oʻzgartirish va sozlash Ishlaydi, ammo qoʻshilishi mumkin boʻlgan torlar soni yettidan oshmasligi va toʻrtdan oz boʻlmasligi kerak. Ularning balandligi 16.352Hz dan 15804.266Hz gacha boʻlishi mumkin. Hozirda turli xil uzunlikdagi kurslar, masalan besh torli banjo ishlatish mumkin emas.
Qator nomlari Ishlaydi
Sheʼr Ishlaydi
Matn Ishlaydi
Akkordlar Ishlaydi[6]
Belgilar Ishlaydi, ammo vaqt imzolariga va kalitlarga cheklangan. (Matn tahrirlovchi orqali belgilar oʻrniga ijro maʼlumoti bor matnlarni qoʻshish mumkin, ammo ularni MIDI ijrochi oʻqiy olmaydi. TuxGuitar ham ularni faqat matn sifatida koʻradi.)

Ochish mumkin boʻlgan fayl formatlari tahrir

Fayl formati Import qilish Eksport qilish
TuxGuitar (.tg) Ha Ha
Guitar Pro (.gtp) Ha yoʻq
Guitar Pro 3 (.gp3) Ha Ha
Guitar Pro 4 (.gp4) Ha Ha
Guitar Pro 5 (.gp5) Ha Ha
Guitar Pro 6 (.gpx) Ha yoʻq
Power Tab (.ptb) Ha yoʻq
Tabledit (.tef) Ha yoʻq
GNU LilyPond (.ly) yoʻq Ha
MIDI (.mid) Ha Ha
ASCII tab (.txt) yoʻq Ha

Kutib olinishi tahrir

2014-yil mayda TuxGuitar CNET da 5 yulduzli shkalada 4 ballga ega edi.[7] Shu paytda dasturning Softpediadagi reytingi besh balli shkalada 3.4 edi.[8] Hozirda TuxGuitar SourceForge saytida 5 balli shakalada 4.8 ballga ega.[9] Software Review saytidagi tahrirchilar dasturning 1.0 versiyasiga 5 ball berishdi va uning „ishlatish juda oson interfeysini“ va „juda oliy funksiyalarini“ yuqori baholashdi.[2]

Manbalar tahrir

  1. „TuxGuitar 1.2 Download“. download.chip.eu. 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-yanvar 2016-yil. (Wayback Machine saytida 4-mart 2016-yil sanasida arxivlangan)
  2. 2,0 2,1 Mantilla, Daniel „TuxGuitar: Editorial review“. Software Informer. Qaraldi: 12-may 2014-yil.
  3. Smith, Tim „TuxGuitar 1.2“. Computeractive. Qaraldi: 20-avgust 2011-yil.
  4. „TuxGuitar 1.2 has been released“. SourceForge (3-noyabr 2009-yil). Qaraldi: 6-yanvar 2016-yil.
  5. „TuxGuitar“. SourceForge. Qaraldi: 6-yanvar 2016-yil.
  6. Westermann, Lucas (25–sentabr 2010–yil). „TuxGuitar Review“ (PDF). Full Circle Magazine. № 41. 24-bet. Qaraldi: 21–avgust 2011–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  7. „TuxGuitar: Average User Rating“. CNET. Qaraldi: 12-may 2014-yil.
  8. „TuxGuitar 1.2: User Rating“. Softpedia. Qaraldi: 12-may 2014-yil.
  9. „TuxGuitar: Reiviews“. SourceForge. Qaraldi: 12-may 2014-yil.

Havolalar tahrir