Tuyoqlilar (Ungulata) — sut emizuvchi hayvonlarning katta turkumi. Toy; tuyoqlilar, juft tuyoqlilar, fillar, sirenlar va damanlar turkumlarini oʻz ichiga oladi. Oyoq barmoklari tuyoq bilan qoplangan. Odatda, 2 va 4 barmoqlari (toq tuyoqlilarda 3barmoq) yaxshi rivojlangan. Asosan, oʻsimlikxoʻr. Antraktida va Avstraliyadan boshqa barcha qitʼalarda tarqalgan. Koʻpchilik T. ovlanadi. Yovvoyi T. uy hayvonlariot, sigir, qoʻy, echki, choʻchqa, tuya, eshak, bugʻu va boshqalarning ajdodi.