Ufa Rossiyaning Chelyabinsk va Sverdlovsk viloyatlari hamda Boshqirdiston Respublikasidagi daryodir. Oq Idil daryosining oʻng irmogʻi (Kama havzasi). Uzunligi 918 km, havzasining maydoni 53,1 ming km². Oʻrta Uraldagi uncha katta boʻlmagan Ufa koʻlidan boshlanadi. Oʻrtacha suv sarfi 32,9 m/sek. (Pavlov GES yonida). Eng kup suv sarfi 3740 m’/sek. Dek. boshlarida muzlab, may boshlarida muzdan boʻshaydi. Asosiy irmoklari: Ai, Yuryuzan (chapda), Bisert, Tyuy (oʻngda). Dare havzasida karst rivojlangan. Yogʻoch oqiziladi. Daryoda Pavlov GES qurilgan. GESdan yuqorida 135 km va quyida 170 km qismida kema qatnaydi. Ufa sohilida Krasnoufimsk shimolidq, quyilish joyida Ufa shahri joylashgan.

Ufa
Tavsif
Uzunligi 918
Maydoni 53 100 km²
Suv sarfi m³/s
Joylashuvi
Davlat Rossiya
Ufa

Manbalar tahrir