Ulugʻbek Inoyatov

oʻzbekistonlik siyosatchi

Ulugʻbek Ilyosovich Inoyatov — 2019-yildan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi hamda 2020-yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari.

Ulugʻbek Ilyasovich Inoyatov
 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi
Mansab davri
2003-yil – 2006-yilgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Abdulla Aripov
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi ?
Vorisi ?
 Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori
Mansab davri
2011-yildan – 2013-yilgacha
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri
Mansab davri
2013-yildan – 2018-yilgacha
Oʻtmishdoshi Temur Shirinov
Vorisi Sherzod Shermatov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-may 1962-yil (1962-05-01) (61 yosh)
Toshkent
Kasbi muhandislik
Ilmiy unvoni pedagogika fanlari nomzodi

Biografiya tahrir

Taʼlim tahrir

1985-yilda Toshkent politexnika institutini tugatgan, 1998-yilda Toshkent moliya institutini tugatgan. 1985—1993-yillarda Toshkent politexnika institutida assistent, aspirant vazifalarida faoliyat yuritgan.

Mehnat faoliyati tahrir

1993—1999-yillarda Toshkent arxitektura-qurilish institutida dekan muovini, dekan, 1999—2003-yillarda Toshkent moliya-iqtisod kolleji direktori, 2003—2006-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi, 2006—2011-yillarda Toshkent moliya-iqtisod kolleji direktori, 2011—2013-yillarda Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori kabi vazifalarda faoliyat olib borgan. 2013—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri[1][2], 2018—2019-yillarda Namangan davlat universiteti rektori vazifalarida ishlagan. 2019-yildan Oʻzbekiston xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi. 2020-yildan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, spiker oʻrinbosari vazifasida ishlab kelmoqda.[3].

Tanqidlar tahrir

2019-yildagi saylov kompaniyasi davrida deputatlikka nomzod Ulugʻbek Inoyatovning „Toshkentda 5 bolali oila 2,5 mln soʻm oylikka yashay oladi“, soʻzlari keng muhokamalar keltirib chiqargan edi[4].

Manbalar tahrir

Telegram: https://t.me/UInoyatov ; Instagram: https://www.instagram.com/ulugbek_inoyatov_xdp/