Umarali Normatov — adabiyotshunos, tanqidchi. Umarali Normatov 1931-yil 3-yanvarda Fargʻona viloyatining Rapqon qishlogʻida tugʻilgan. Oʻrta Osiyo Davlat universiteti (hozirgu OʻzMU) filologiya fakultetini tugatgan (1952–1957), aspiranturasida taʼlim olgan (1959–1962).

Umarali Normatov
Tavalludi 3-yanvar 1931-yil
Vafoti 29-yanvar 2022-yil(2022-01-29)
(91 yoshda)
Toshkent
Mukofotlari Oʻzbekiston fan arbobiMehnat shuhrati ordeni

1962-yildan hozirgi kungacha oʻzbek adabiyoti kafedrasida katta oʻqituvchi, dotsent, professor, mudir boʻlib ishlamoqda. Adabiy tanqidchilik faoliyatini 1957-yildan boshlagan: hozirgacha 20 dan ortiq kitobi, 500 dan ortiq maqola, taqrizlari bosilgan. Adabiyotshunos olimning faoliyati yaxlit holda zamonaviy adabiy jarayon hamda yangi oʻzbek adabiyoti tarixi, taraqqiyoti masalalari yechimiga yoʻnaltirilgan.

U 1962-yilda filologiya fanlari nomzodi, 1978-yilda filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. „Nasrimiz ufqlari“ (1974), „Yetuklik“ (1982), „Qalb inqilobi“ (1986), „Qodiriy bogʻi“ (1996), „Umidbaxsh tamoyillar“ (2000) singari asarlarida yangi oʻzbek adabiyoti, uning namoyandalari ijodining muhim tomonlari yoritib berilgan. Umarali Normatov „Oʻzbekiston fan arbobi“ (1981), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1989).[1][2][3]

Manbalar tahrir

  1. https://m.kun.uz/news/2022/01/29/adabiyotshunos-olim-umarali-normatov-vafot-etdi
  2. Sharafiddinov O. Goʻzallik izlab. T.: Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1985, 198–208 sahifalar.
  3. Yoqubov O. Tanqidchining kamoli. „Sharq yulduzi“ jurnali, 1981, 1-son.