Un-yorma sanoati - oziq-ovqat sanoatiimng galla donlarini qayta ishlaydigan tarmogʻi. Asosiy mahsuloti un va yorma. Un tortish qadimdan maʼlum. Dastlab donlar yorgʻuchoq (toshyorma) va oʻgʻirda yanchilgan, qoʻl tegirmonda yorma yoki un qilingan, keyinchalik suv tegirmonlari, 17-asrda kam suvli joylarda shamol tegirmonlari qurildi. 1786-yil Buyuk Britaniyada, 1818-yilda Rossiyada bugʻ bilan ishlaydigan dastlabki tegirmonlar paydo boʻldi. Elektr energiyasi paydo boʻlishi bilan tegirmonlar asosan shu energiya bilan ishlatila boshlandi va soha jadal rivojlandi.

Oʻrta Osiyoda, xususan, Oʻzbekistonda xam gʻalla qadimdan mayda suv tegirmonlarida tortilgan. 1870-yilda hozirgi Oʻzbekiston hududida kepakli jaydari un tortiladigan, unumdorligi bir sutkada bir necha sentner boʻlgan 5 mingdan ortiq tegirmon boʻlgan. 1903-yilda 1975 ta kichik suv tegirmoni ishladi. Birinchi katta tegirmon (zd) 1883-yilda Toshkentda, ikkinchisi 1898-yilda Samarqandda qurildi. Keyinchalik yirikroq tegirmonlar Andijon (1901) va boshqa shaharlarda ham paydo boʻldi. 1908-yilda Turkiston oʻlkasida 26,4 ming t., 1913-yilda 37,9 ming t un tayyorlangan.

1918-yil yirik tegirmonlar natsionalizatsiya qilindi, 1920-yil "Turkun" — Turkiston Respublikasi un sanoati tresti tashkil etildi, uning tarkibida 21 un korxonasi, 6 ta guruch zavodi ishladi. Oʻsha yillarda Oʻzbekistonda xususiy mulk boʻlgan 4510 suv tegirmoni va objuvozlar bor edi.

30-yillardan boshlab viloyatlar markazlari, sanoat korxonalari joylashgan yirik shaharlarda yangi un zavodlari va kombinatlari kurilishi boshlandi. 1932-yilda don maxsulotlarini tayyorlash, kayta ishlash va sotish bilan shugʻullanadigan "Oʻzdontayyorlov" respublika idorasi tuzildi (1992-yildan "Oʻzdonmaxsulot" davlataksiyadorlik korporatsiyasi). 1941-yilga kelib respublikada sanoat yoʻli bilan un i.ch. 10 marta koʻpaydi (345,8 ming t). 60—70-yillarda 3 navli un tortadigan, 240 t/sutka quvvatli 8 ta un kombinatlari ishga tushirildi. 1970-yilda respublika un zavodlarining ishlab chiqarish quvvatlari 3243 t/sutkaga yetkazildi. 1991-yildan keyin qishloq joylarda koʻpgina jamoa, shirkat xoʻjaliklarida kichik va oʻrta biznes tadbirkorlari tomonidan elektr kuvvati bilan ishlaydigan kichik tegirmonlar kurish rivoj topdi.

"Oʻzdonmahsulot" korporatsiyasi tarkibida navli un, manniy yormasi ishlab chiqariladigan 52 zavod bor. Ularning 20 tadan koʻprogʻi zamonaviy texnologik uskunalar (asosan, Shveysariyaning "Byuller AG" firmasi) bilan jixrzlangan (2004).

Oziq-ovqat sanoatining yana bir muhim tarmogʻi yorma sanoatida suli, marjumak, bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori, sholi va dukkakli ekinlar (noʻxat, loviya, yasmiq) donidan har xil yorma ishlab chiqariladi. Oʻzbekistonda, asosan, sholidan turli navli guruch tayyorlanadi. Uning yirik korxonalari Toshkent, Muzrobod, Xoʻjayli, Shumanay, Xonqa, Bogʻot va boshqa shaharlarda joylashgan. "Navoiydonmahsulot" ktida qandolatchilik va non sanoati uchun makkajoʻxori yormasi bilan birga makkajoʻxori uni ham ishlab chiqariladi.

2003-yilda Oʻzbekiston Un-yorma sanoatis. korxonalarida 971,1 ming t un, 36,9 ming t yorma, shu jumladan, 35,6 ming t guruch ishlab chiqarildi (2000-yilda tegishlicha 1756,1; 88,5; 84,3 ming t).

Jahondagi rivojlangan mamlakatlarda bugʻdoy uni oziq-ovqat mahsuloti tayyorlashda asosiy oʻrinda turadi. Bu mamlakatlarda aholi jon boshiga non isteʼmol qilishning pasayib borishiga qaramay, un ishlab chiqarish hajmi oʻsib bormokda. AQSH, Kanada, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Meksika, Braziliya va boshqa mamlakatlarda unyorma ishlab chiqarish sanoati yaxshi taraqqiy etgan.

Adabiyot tahrir

  • Butkovskiy V.A., Mukomolnoye proizvodstvo, M., 1990.