Ural, Ural togʻlari — Osiyo bilan Yevropa qitʼalarini birbiridan ajratib turuvchi oʻrtacha balandlikdagi togʻli oʻlka, Osiyo bilan Yevropa chegarasi U.ning sharqiy etaklaridan oʻtadi. Shimolida Kara dengizi sohillaridan, janubida Ural daryosigacha 2000 km dan ziyod choʻzilgan. Eni 40–60 km dan 150 km gacha (Janubiy U.), eng baland joyi 1895 m (Narodnaya togi). Baʼzi olimlar Uralga jan.dan Mugʻojar togʻlarini ham kiritadi.

U. nomining kelib chiqishi 2 xil: 1) Ural — kad. turkiy tildagi kamar, belbogʻ soʻzidan; 2) boshqird xalq eposidagi Ural Botir nomidan deb talqin qilinadi. U. tabiati va resurslarini oʻrganishga 18—20-asrlarda rus olimlari salmoqli hissa qoʻshdilar.

U. tabiatining kompleks xususiyatlari, 1navbatda geogr.si va relyefiga koʻra 5 tabiiy oblastga boʻlinadi: 1) 68°23’ — 65°40’ sh.k.lar orasidagi Qutbiy U.da — tundra va oʻrmonli tundra; 2) 64° sh.k.gacha davom etgan Qutb yoni U.da — togʻ oʻrmon tundrasi va shim. tayga; 3) 59°08’ sh.k.gacha davom etgan Shimoliy U.da — tayga; 4) 55°55’ sh.k. gacha davom etgan Oʻrta U.da — jan. tayga va aralash oʻrmonlar; 5) Ural daryosigacha tushib kelgan Janubiy U.da — oʻrmonli dasht va dasht landshaftlari ustun.

U.ning gʻarbiy yon bagʻri va Uraloldi chekka egilmasida, ayniqsa, Silva daryosi (Chusovaya daryosining irmogʻi) havzasida karst jarayonlari kuchli rivojlangan boʻlib, bir qancha yirik gʻor (Divya, Kungʻur, Kapova), koʻplab karst voronkalari va choʻkmalar uchraydi.

U. relyefiga koʻra, oʻzaro parallel joylashgan qator (2—3 tadan, janubida 7—6 tagacha) past va oʻrtacha balandlikdagi tog tizmalaridan hamda ular orasidagi boʻylama vodiylardan iborat. 55 va 54° sh.k.lar orasida joylashgan Janubiy U. bilan shimolidagi Kutbiy U.ning orografiyasi ancha murakkab.

U. gersin burmalanishida (yuqori paleozoy) shakllangan. Bu davrda kuchli vulkanizm jarayoni sodir boʻlgan. Geologiktektonik jihatdan U. garbdan sharqqa choʻzilgan bir nechta yoshi va tarkibi jihatdan turli togʻ jinslaridan tashkil topgan strukturaviy zonalarga boʻlingan. Bulardan eng yirigi kembriygacha va paleozoy davri metamorfik, otqindi va choʻkindi togʻ jinslaridan tashkil topgan Markaziy Uraltov antiklinoriysidir. Bunga U. togʻining suvayirgʻich qismi toʻgʻri keladi. Undan gʻarbda choʻkindi togʻ jinslari bilan toʻlgan Uraloldi chekka egilmasi, sharqda esa oʻrta paleozoy otqindi va dengiz choʻkindilari bilan toʻlgan sinklinoriy tipidagi egilmalar guruhi joylashgan.

Mezozoy davrida U. yemirilgan va pasaygan. Uning hozirgi relyefi yangi tektonik koʻtarilmalar taʼsirida shakllangan. Ayni vaqtda nurash va denudatsion jarayonlar ham kuchaygan. Shuning uchun eng baland tizmalar va choʻqqilar nurashga chidamli tog jinslaridan (kvarsit, gabbro va boshqalar) tashkil topgan, tizmalar orasidagi botiqlarda choʻkindi togʻ jinslari toʻplangan va ularda keyingi erozionakkumulyativ jarayonlar ishi natijasida dare vodiylarida bir qancha terrasalar hosil boʻlgan. Hozirgi daryo terrasalarining soni 3—5 ta. Relyefda tashqi omillardan nurashning roli katta. Qutbiy U.da muzlik va muzlik relyef shakllari, Shimoliy va Oʻrta U.da relyefning quyidagi tiplari ajratiladi: 1) Marka ziy oʻq zonaning togʻvodiy tipi, unda qad. peneplenlar, qurumlar, togʻ terrasalari va muzlik relyefi shakllari asosiy oʻrin tutadi; 2) U.ning gʻarbiy yon bagʻridagi karst relyefi keng tarqalgan past togʻlar — "parmalar" tipi; 3) Ural oldi toʻlqinsimon akkumulyativ tekisligi; 4) Sharqiy yon bagridagi yassi, qoldiq togʻlar relyefi tipi; 5) Oʻrta U.ning sharqiy yon bagridagi sertepa uvallar relyefi; 6) Janubiy U.ning sharqiy qismidagi dengiz akkumulyativ tekisligi. U.da Perm, toshkoʻmir, devon davrlarining dengiz va kontinental qatlamlari, sineklizalarda mezokaynozoy choʻkindi jinslari eng koʻp tarqalgan.

Iqdimi kontinental togʻ iqlimi. Meridian yoʻnalishi boʻylab katta masofaga choʻzilganligi turli qismida Quyosh radiatsiyasining har xil tushishiga va shim.dan jan.ga traning oshib borishiga olib keladi. Iklimning kontinentalligi gʻarbdan sharqqa va shim.dan jan.ga ortib boradi. Uning sharqiy qismida gʻarbiy qismiga nisbatan temperatura 1—2°ga past. Gʻarbiy qismida yanvarning oʻrtacha temperaturasi Qutbiy U.da —20°, —21°, Janubiy U.da esa —15°, —16°. Sharqiy qismida —22°, —23° (Qutbiy U.da), —16°, —27° (Janubiy U.da). Iyulning oʻrtacha temperaturasi shim. qismida 9—10°, janubida 19—20°. Yogʻingarchilikning taqsimlanishiga uning relyefi katta taʼsir koʻrsatadi. Yillik yogʻin gʻarbiy yon bagʻirlarida sharqiy yon bagʻirlariga nisbatan 150–300 mm koʻp. Eng koʻp yogʻin (1000 mm gacha) Qutb yoni va Shimoliy U.ning suvayirgʻich qismi yaqinida tushadi, bu yerda qor qoplami ham qalinroq (90 sm gacha). Janubiy U.ning gʻarbiy yon bagʻrida yillik yogʻin 650–750 mm, sharqiy yon bagʻrining shim. qismida 500–600 mm, jan. qismida esa 300–400 mm. Yogʻinning asosiy qismi yoz oylarida tushadi.

U.ning daryolari Shimoliy Muz okeani va Kaspiy dengizi xdvzalariga oqadi. Shimoliy Muz okeani havzasiga gʻarbiy yon bagʻirlaridan boshlanuvchi Pechora (Us a bn), sharqiy yon bagʻirlaridan Ob daryosining irmoklari, Kaspiy dengizi havzasiga Kama, Chusovaya, Belaya, Sakmara, Ural va boshqa kiradi. Qutb yoni va Shimoliy U.ning gʻarbiy yon bagʻirlaridan boshlanuvchi daryolar sersuv, eng koʻp suv may—iyunda oqib oʻtadi. Janubiy U.ning sharqiy qismidan boshlanuvchi daryolar kam suvli, bularning baʼzilari yezda qurib qoladi.

Daryolar, asosan, qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. 5—7 oy muzlaydi.

U.da tuproqoʻsimlik qoplami kenglik zonalligi, balandlik mintaqalari qonuniyati boʻyicha tarqalgan va dasht, oʻrmon landshaftlari va ularga xos tuproq va oʻsimliklar tarkib topgan. Dasht landshaftlari Janubiy U.da ayniqsa, keng. Uning shim. va balandroq qismlarida oʻrmonli dasht koʻp uchraydi. Chimli podzol tuproklarda zarang va joʻka aralash qayinzorlar, qoratuprokdarda chalovturli oʻtli va shuvoqchalov dasht oʻsimliklari oʻsadi. Eng janubida kashtan tuprokdar tarkalgan. Podzol tuproklarda igna bargli oʻrmonlar (qoraqaragʻay, oqqaragʻay, kedr, qaragʻay, tilogʻoch), aralash oʻrmonlarda sur oʻrmon tuprokdari va igna barglilar bilan aralash oʻsuvchi oq qayin, togʻ teragi, joʻka, eman, zarangli oʻrmonlar keng tarqalgan. Oʻrmon landshaftlaridan yuqorida, ayniqsa, Qutbiy, Qutb yoni, Shimoliy U.da golts landshaftlari uchraydi. Bu yerlarda tundra zonasida togʻ tundra landshaftlari (yoʻsin, lishaynik va boshqalar), botkrkdik oʻsimliklari katta maydonni egallagan. U.ning hayvonot dunyosi xilmaxil, turli tabiat zonalari hayvonlari mavjud. Qutbiy U.da qutb tulkisi, lemming, bugʻu, oq kaklik va boshqa yashaydi. Yozda koʻplab qushlar (gʻoz, oʻrdak) uchib keladi. Oʻrmonlarda qoʻngʻir ayiq, silovsin, rosomaxa, boʻrsiq, olmaxon, suvsar, oq tovushqon; qushlardan — qur, karqur, chil, kedrxoʻr, klest, qizilishton, qorashaqshaq, boyqush, kakku, dasht va oʻrmonli dashtlarda kemiruvchilardan malla tovushqon, sugʻur, qoʻshoyoq, turli ilonlar bor. U.da olachipor bugʻu, ondatra, qunduz, maral, amerika norkasi, yenotsimon it ikdimlashtirilgan. Daryo va koʻllarda baliqlarning turli xillari (xarius, choʻrtan, laqqa va boshqalar) mavjud. U.da PechoraIlich, Visim, Boshqird, Ilmen qoʻriqxonalari tashkil etilgan.

U. tabiiy resurslarga, ayniqsa, foydali qazilmalar va oʻrmonga boy. Temir, mis, nikel, xrom, kremniy, molibden, volfram, vanadiy, titan, kobalt, boksit, magniy, marganets va boshqa rudalarning konlari ochilgan. Qimmatbaho rudalardan surma, margimush, vismut, kobalt, kadmiy, oltin va boshqa, qimmatbaho va nodir toshlardan zumrad, olmos, turmalin, ametist, safsar, topaz, bezak va texnik toshlardan marmar, malaxit, yashmaga boy. Binokorlik xom ashyolari va mineral shifobaxsh suv boyliklari mavjud. *’SH*$ • **U. hududida odamlar (bundan 75 ming yil avval) ilk paleolit davri oxirlarida paydo boʻlgan. Soʻnggi paleolit davriga oid (35—10 ming yil avval) bir necha qarorgoxlar ham topilgan. Neolit davriga kelib, U.da birbiriga qarindosh qabilalar shakllana boshlagan. Janubiy rayonlarda chorvachilik va ibtidoiy deqqonchilik (yer chopish) mana shu davrda paydo boʻlgan. Mil. av. 2-ming yillik boshlarida U.da mis, jezdan foydalanila boshlangan. Mil. av. 8—7-asrlarda U.dagi qabilalar temir eritib olish texnikasini egallaganlar. Yirikyirik qabilalar uyushmasi paydo boʻlgan, chunonchi, Janubiy U. choʻllarida sarmatlar, Kama daryosi boʻylarida Ananino madaniyatiga mansub kabilalar yashagan. Mil. 3-asrdan boshlab U. xududida qad. aholi oʻrtasida juda koʻp koʻchish hodisalari yuz bergan. U. aholisi Turon, Eron, Vizantiya bilan mol ayirboshlash aloqalari olib borgan.

Ural (oʻlka) kuchlarining rivojlanishi natijasida mil. 10—11-asrlarga kelib, U. qabilalari hayotida ibtidoiy jamoa tuzumi barham topgan. Zamindorlik munosabatlarning shakllanish jarayoni komipermyak, udmurt va boshqirdlarning avlodlarida tezroq, xanti va mansilar avlodida sekinroq boʻlgan.

Ruslar U.ga oʻrta asrlardan kela boshlagan. U.ning shimolida Novgorod ushkuinuklari drujinalari paydo boʻlgan (14-asr) Yugor yeri, keyinroq esa Perm yeri ham Novgorod volostlariga aylantirilib, u yerga ruslar borib oʻrnasha boshlagan. 12—14-asrlarda U.dagi yerlarni egallash uchun Novgorod va VladimirSuzdal, soʻngra Moskva knyazliklari oʻrtasida kurash ketgan. 15-asr oxirlariga kelib, yuqori Kama boʻyi yerlarini Moskva davlati egallab olgan. Qozon xonligi bosib olingach (1552), Boshqirdistonning katta qismi va Udmurtiyaning Kama boʻyi qismi ham 1557-yil Rossiya tarkibiga kiritilgan. Bir qancha rus qishloqlari: Ufa (1574), Sarapul (1596) va boshqa vujudga kelgan. Podsho inʼomlari va yerlarning bosib olinishi natijasida Kama boʻyida Stroganovlar votchinalari paydo boʻldi. Bu yerda Piskor (1558), Oryolgorodok (1564), Nijniy Chusovsk (1568) va boshqa shaharchalar qurildi. 1574-yil Ivan IV hukumati tomonidan Stroganovlarga xali Rus davlati egallashga ulgurmagan U. orqasidagi yerlarni boʻysundirishi uchun yorliq berildi. Shundan soʻng U. ning sharqiy tomonida rus qalʼa va shaharlari vujudga kela boshladi.

17-asrda ruslar Janubiy va Oʻrta U.ni egallashgan. Kungur sh. (1649), yirik hunarmandchilik qishlogʻi — Novoye Usolye (1606), Irbit (1668) slobodalari paydo boʻldi. U. xalklarining hayotida 16— 17-asrlarga kelib zamindorlik munosabatlari toʻla shakllangan. 18-asr boshida U.da zavodlar qurilishi keng avj oldi. 18-asr ning 1yarmida 63 ta metallurgiya zavodi qurildi. 3dlar qurilishi 18-asrning 50—60-yillarida ham davom ettirildi (yana 67 ta korxona vujudga keldi), ammo keyinchalik bu surʼat pasaydi.

1648-yildan Cherdin va Solikamskda, 1703-yil Kungur uyezdida qoʻzgʻolonlar 1773—75 yillarda Ye. Pugachyov boshchiligida dehqonlar urushi boʻlib oʻtdi. 18-asrda Yekaterinburg (1723), Orsk (1735), Orenburg (1743) va boshqa shaharlar vujudga keldi. 19-asrning 2-yarmida shahar aholisi tez oʻsdi. Samara — Orenburg (1876), Gornozavodsk (1878), Yekaterinburg — Tyumen (1885), Samara — Ufa — Zlatoust — Chelyabinsk (1896) temir yoʻllari qurildi. 19-asrning oxirida U.da 300 ming sanoat va temir yoʻl ishchisi bor edi.

Adabiyot tahrir

  • Ekonomicheskaya geografiya Urala [Ural (oʻlka)], 1974; Voprosi geografii Urala, [Ural (oʻlka)), 1970; Istoriya Urala, t. 1—2, Perm, 1963—65; "Otechestvo", M, 1999.