Utrext universiteti — Niderlandiyadagi qadimgi va yirik untlardan biri. 1636-yil Utrext shahrida tashkil etilgan. 1815-yil qirollik universiteti, 1961-yil davlat universiteti maqomini olgan. Huquq, tibbiyot, veterinariya, tabiiy fanlar, matematika, teologiya, gumanitar fanlar buyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Kutubxonasi (1581-yil tashkil etilgan)da 1 millionga yaqin asar saqlanadi. Universitetda 20 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi.

Utrext universiteti

Koordinatalari: 52°5′6.9999999999936″N 5°10′29.999999999999″E / 52.085277777777776009°N 5.17499999999999982°E / 52.085277777777776009; 5.17499999999999982 G O