Uttar-Pradesh (hindcha: उत्तर प्रदेश; urdu: اتر پردیش; inglizcha: Uttar Pradesh) — Hindistonning shimoliy qismidagi shtat. Himolay togʻlarining janubiy etagida. Maydoni 240,9 ming km². Aholisi 166 mln. kishi (2001), aksari qismi hindu va musulmonlar. Asosiy tili — hindi, aholisining bir qismi urdu tilida soʻzlashadi. Maʼmuriy markazi — Lakhnau shahri. Yirik shaharlari: Agra, Kanpur, Varanasi, Aligarh, Ilohobod.

Uttar-Pradesh
hindcha: उत्तर प्रदेश
urdu: اتر پردیش
inglizcha: Uttar Pradesh

Gerb
Gerb
Shtat
Maʼmuriy markazi Lakhnau
Yirik shahari Kanpur
Boshqa yirik shaharlari Agra, Varanasi, Ilohobod
Gubernator Banvari Lal Joshi
Bosh vazir Akxilesh Yadav
Rasmiy tili Hind tili
Aholi (2011) 199 581 477
Zichligi 828,14 kishi./km²
Maydoni 240 928 km² (5-oʻrin)
Vaqt mintaqasi UTC+5:30
Qisqacha IN-UP
Kod ISO 3166-2 IN-UP
Rasmiy sayti http://www.upgov.nic.in/
Xaritada
Uttar-Pradesh xaritada
Koordinatalari: 26.85°0′0″N 80.91°0′0″E / 26.85000°N 80.91000°E / 26.85000; 80.91000 G O

Geografiyasi tahrir

Yer yuzasi, asosan, tekislik (HindGang tekisligi), 1/5 qismi Himolay togʻlarining janubiy tarmoqlari (eng baland joyi Nandadevi choʻqqisi, 7816 m). Iqlimi tropik, mussonli iqlim. Tekislik qismida may oyida oʻrtacha harorat 32°, iyulda 16°. Yillik yogʻin 700— 1200 mm. Qurgʻoqchilik ham boʻlibturadi. Eng yirik daryolari: Gang va uning irmoqlari. Sugʻorish kanali koʻp. Iyul — avgustda daryolar toʻlib oqadi, baʼzan toshqinlar boʻladi. Haydalmagan yerlarda palmazorlar va butali, seroʻt savannalar bor. Shtat hududining 12% dan ziyod qismi oʻrmon.

Iqtisodiyoti tahrir

Xujaligida qishloq xoʻjaligi yetakchi. Asosiy ekinlari: sholi, bugʻdoy, dukkaklilar, arpa, shakarqamish, paxta, kunjut, tariq, yeryongʻoq, kartoshka. Chorvachilikda sut chorvachiligi rivojlangan. Sanoati, asosan, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalardan iborat. Oziq-ovqat, koʻnpoyabzal, toʻqimachilik, qogʻoz, tamaki, aniq priborlar, elektr uskunalari korxonalari, mexanika va temir yoʻl ustaxonalari bor. Agrada shisha buyumlar ishlab chiqariladi. Hunarmandchilikda gazlama, kalava ip, poyabzal, mebel, zargarlik buyumlari tayyorlanadi. Shtatda untlar va boshqa oliy oʻquv yurtlari bor. Uttar-Pradesh — qadimiy hind madaniyati markazi. Agrada mashhur Toj Mahal saroyi bor. Turizm rivojlangan.