Uy vazifasi yoki uy ishi — oʻqituvchi tomonidan oʻquvchiga (talabaga) uy sharoitida mustaqil bajarishi uchun beriladigan vazifa. Uy vazifasi asosan oʻquv muassasasida olingan bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan, baʼzi holatlarda oʻtilgan mavzuni chuqurroq oʻrganilishi uchun beriladi.

Uy vazifalari quyidagi turlarga boʻlinadi:

  1. Darslikdagi maʼlumotlarni oʻrganish.
  2. Har xil yozma va amaliy ishlarni bajarish.
  3. Insho va boshqa ijodiy ishlarni yozish.
  4. Har xil sxema va diagrammalarni tayyorlash.
  5. Gerbariy va boshqa namunalarni yigʻish.
  6. Tabiiy jarayonlarni va fizik-kimyoviy hodisalarni kuzatish va boshqalar.