Uzuk barmoq atrofiga taqiladigan zargarlik buyumidir. Aksar hollarda halqa shaklida boʻladi. Odatda nodir metallardan yasaladi, biroq yogʻoch, shisha, fil suyagi, qimmatbaho toshlardan ham tayyorlangan boʻlishi mumkin.

Uzuk.

Uzuk — qoʻl barmogʻiga taqiladigan zargarlik buyumi; oltin, kumush, mis va boshqa metallardan turli kattalik va ogʻirlikda halqa shaklida yasaladi. Koʻzli U. (koʻzi gavhar, yoqut, dur va boshqa uzuklar. qimmatbaho toshlar va shishadan), koʻzsiz U. (naqshli va naqshsiz), nikoh U. (odatda, nikohdan soʻng taqiladi), muhr U. (koʻzi oʻrnida muhr oʻrnatilgan) va boshqa xillari bor. Quyma va suqma usulida ishlanadigan U. yuzasiga jilo beriladi. Hozir maxsus zargarlik korxonalarida ham tayyorlanadi.