Uzuntovonlilar (Tarsiidae) -chalamaymunlar oilasi. Bitga urugʻi, 3 turi: Filippin U.i, gʻarbiy U., sharq U.i bor. Dumi (uz. 13—27 sm) junsiz. Ayrim anatomik belgilariga kura maymunlarga oʻxshaydi. Boshi katta, 180° gacha burilishi mumkin. Koʻzlari juda katta, sargʻish. Orqa oyoklari oldingisiga nisbatan uzunroq. Tovon suyagi uzun (nomi shundan). Barmoqlari uzun, uchki qismida yostiqchasi bor. Malayya arxipelagi orollari yaqinida tarqalgan. Daryolar boʻyidagi butalar orasida yashaydi. Sakrab harakatlanadi. Tunda, daraxtlarda hayot kechiradi. Juft yoki yakka boʻlib yashaydi. Hasharotlar, oʻrgimchaklar, kaltakesaklar bilan oziqlanadi. 1 ta bola tugʻadi. Tutqunlikda koʻpaymaydi. Barcha turlar Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.