Val Logsdon Fitch (1923.10.3, Merriman) — amerikalik fizik, AQSH Milliy akademiyasi aʼzosi (1966). MakGill universitetini tugatgan (1948). Kolumbiya universiteti (1953— 54), Prinston universitetlarida (1954-yildan) ishlagan, falsafa fanlari doktori (1954), professor (1960-yildan). Ilmiy ishlari yadro va mezon fizikasi hamda elementar zarralar fizikasiga oid. smezon massasini (J. Reynuoter bn), myumezon chikaradigan rentgen nurlari spektrini oʻlchagan, myumezoatomlarini kashf etgan (1953). Tartib raqami 13^85 oraligʻidagi yadrolar radiusini oʻlchadi va 1,210 13 sm ga tengligini koʻrsatdi (1953). Tauva teta mezonlar yashash vaqti tengligini eksperimental tasdiqladi (1956), /Gmezonni kashf etdi (1960). J. Kronin va boshqa bilan 1964-yilda neytral kaonning noyob yemirilishini aniqladi. Birinchi marta K° va K°mezonlar interferensiyasini kuzatdi (1965). Nobel mukofoti laureati (1980)[1][2]

Val Logsdon Fitch

Manbalar tahrir

  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. "FITCH (Fitch) Val Logsdon" OʻzME. F-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil